15:56 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
21531

"Euronews" telekanalining "Postcards from Uzbekistan" turkumidan oʻrin olgan navbatdagi dasturi qadimiy Buxoroning mashhur maskanlari - Toqi Zargaron, Toqi Sarrafon va Toqi Telpakfurushon savdo gumbazlariga bagʻishlandi

TOSHKENT, 15 fev — Sputnik. "Euronews" Buxoro gumbazlari haqida koʻrsatuv tayyorladi, deb xabar qildi "Jahon" AA.

Telekanalning navbatdagi dasturi Buxoroning Toqi Zargaron, Toqi Sarrafon va Toqi Telpakfurushon savdo gumbazlariga bagʻishlandi, deb yozadi nashr.

Koʻrsatuvda Buxoro dunyoda nafaqat masjidlari va mahobatli minoralari, balki XVI asrda bunyod etilgan savdo gumbazlari bilan ham mashhur ekani taʼkidlanadi. "Bu shaharning savdo oʻlka rivojining muhim omillaridan biri boʻlgan Buyuk Ipak yoʻlining yirik savdo markazlaridan biri boʻlgani bilan bogʻliqdir”.

Sharhlovchi Sheymus Kerni Buxoroda bunday gumbazlar beshta boʻlgani, biroq bugungi kungacha ularning atigi uchtasigina saqlanib qolgani haqida hikoya qiladi. "Ular uzun yoʻlaklar va arklar orqali tutashgan. Bu yerda hozir ham hayot qaynaydi — savdo gumbazlarida koʻplab mahalliy kishilar va ehtimol, ulardan ham koʻproq sayyohlarni koʻrish mumkin".

Ekskursiya rahbari Ravshan Saidjonovning soʻzlariga koʻra, gumbazlar oʻzaro bir-biriga oʻxshamaydi. Bittasida zargarlar oʻtirishgan, boshqasida teri va bosh kiyimlar bilan savdo qilingan, uchinchisida esa yeguliklar sotib olish mumkin boʻlgan.

"Euronews" Buxoroning savdo gumbazlari tarixni, hunarmandlar mahorati va anʼanalarni qadrlovchi har bir odamni oʻziga jalb etishini taʼkidlaydi.

Teglar:
gumbazlar, Euronews, Buxoro

Asosiy mavzular