14:09 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
73231

Ozarbayjon Konstitutsiyasiga muvofiq, prezident oʻz vazifasini bajara olmaydigan holatlarda, uning vazifa va vakolatlarini birinchi vitse prezident oʻz zimmasiga oladi

TOSHKENT, 21 fev — Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatning birinchi xonimi Mehribon Aliyevani respublikaning birinchi vitse-prezidenti etib tayinladi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Ozarbayjon Konstitutsiyasiga muvofiq, prezident oʻz vazifasini bajara olmaydigan holatlarda, uning vazifa va vakolatlarini birinchi vitse prezident oʻz zimmasiga oladi.

Oʻtgan yilning sentyabr oyida Ozarbayjonda Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish boʻyicha referendum oʻtkazilgan edi. Mamlakatning Bosh Qonuniga kiritilgan oʻzgartirishlar prezidentlik muddatini besh yildan yetti yilgacha uzaytirish, vitse-prezident lavozimi kiritish, shuningdek prezidentlikka va deputatlikka nomzodlar uchun yosh chegarasi kamaytirilishini nazarda tutadi.

Teglar:
Aliyev, Ozarbayjon, prezident

Asosiy mavzular