Tramp Amerika "yangi do‘stlar" izlashga tayyorligini e’lon qildi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishAQSh prezidenti D. Tramp
AQSh prezidenti D. Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tramp kongressmenlarga "jahon xalqlari - ular xoh do‘st, xoh g‘anim bo‘lsin - Amerika kuchli, Amerika faxrlanishini va Amerika ozod" ekanini ko‘radilar", deya va’da berdi

TOShKENT, 1 mar — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp "yangi do‘stlar" izlashga tayyorligini e’lon qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

"Amerika yangi do‘stlar topishga va umumiy manfaatlarimiz mos tushgan joyda yangi hamkorliklar yaratishga tayyor", — deb bayonot qilgan Tramp o‘zining kongressga murojaatida.

NATO bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
NATO AQShni alyansdan voz kechmaslikka chaqirdi
AQSh prezidenti hukumat amerikaliklarni radikal islom terrorchiligidan himoya qilish uchun jiddiy choralar qabul qilayotganini qayd etib o‘tgan. Qochqinlar muammosi haqida gapirar ekan, Tramp "mos tanlov"ni amalga oshirish imkoni bo‘lmagan mamlakatlardan kelayotganlarni Amerikaga kiritishni "e’tiborsizlik" deb atagan.

"Biz o‘z davlatimiz ekstremistlar panoh topadigan manzilga aylanishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz", — deb ta’kidlagan Amerika rahbari. U shuningdek, Vashington musulmon olamidagi ittifoqdoshlar bilan "Islom davlati" terrorchilik uyushmasiga qarshi kurashda hamkorlik qilishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.

Kongressga murojaat qilar ekan, Tramp NATOni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini aytgan, ammo ittifoqdoshlardan o‘z moliyaviy majburiyatlarini bajarishlarini talab qilgan.

AQSh yana o‘z ortidan boshqa mamlakatlarni ergashtirishga tayyor, degan Amerika prezidenti.

Tramp kongressmenlarga "jahon xalqlari — ular xoh do‘st, xoh g‘anim bo‘lishidan qat’i nazar — Amerika kuchli, Amerika faxrlanishini va Amerika ozodligiga guvoh bo‘ladilar", deya va’da bergan.

Yangiliklar lentasi
0