TOSHKENT, 2 mar — Sputnik. Suriya qoʻshinlari Rossiya Harbiy Kosmik Kuchlari koʻmagida Palmirani ozod qilish boʻyicha operatsiyani yakunladilar, deb xabar qildi RIA Novosti.
Xabarda aytilishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga bu haqda Mudofaa vaziri Sergey Shoygu axborot bergan.Qadimiy shahar 2015 yilning may oyi oʻrtalaridan buyon RF hududida taʼqiqlangan terrorchilik uyushmasi nazoratida edi. 2016 yil mart oyi oxirlarida Suriya armiyasi Palmirani "ID"dan ozod etdi, ammo shu yilning dekabr oyi oʻrtalaridayoq terrorchilar Palmirani qayta egallab olgan edilar.
Palmirani tark etayotib jangarilar yoʻllar va binolarni minalab ketgan. RIA Novosti muxbiri xabar berishicha, Suriya armiyasi jangchilari qadimiy shaharning harobaga aylantirilgan qismlarini koʻzdan kechirib, portlovchi moddalarni izlashmoqda. Portlashlar oqibatida Palmiradagi amfiteatr sahnasi markaziy qismi toʻliq vayron qilingan.
