23:25 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Dunyoda
Havola olish
21210

Maldiv ommaviy axborot vositalari xabariga koʻra, orollarda sayyoradagi eng badavlat insonlar istiqomat qilishlari va dam olishlari mumkin boʻladi

TOSHKENT, 3 mar — Sputnik. Maldiv hukumati Saudiya Arabistoniga orollaridan birini 99 yilga ijaraga berishi mumkin, deb xabar qildi RIA Novosti Times of India nashriga tayangan holda.

Gap Faafu atolli haqida bormoqda — u 18ta orolchalardan tashkil topgan boʻlib, ularda 6 mingga yaqin kishi istiqomat qiladi.

Atoll 2014 yilda qabul qilingan maxsus iqtisodiy hududlarga doir qonun negizida ijaraga berilishi mumkin. Mazkur qonun xorijiy kompaniyalarga atollarni 99 yilga yoki cheklanmagan muddatga ijaraga berishga ruxsat beradi. Cheklanmagan muddatga ijaraga olish uchun kompaniya respublikada roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi hamda uning 51 foizi mamlakat fuqarosiga tegishli boʻlishi lozim.

Rasman bu rejalarni ikki mamlakat hukumatlari tasdiqlagani yoʻq. Biroq, avvalroq, Maldiv prezidenti Abdulla Yamin Saudiya Arabistonining atolldagi "loyihasi" haqida soʻz yuritgan edi. Davlat rahbari yer sotilmasligi, batafsil maʼlumot berilmasligini esa muzokaralar davom etayotgani bilan izohlagandi.

Maldiv OAVlarida tarqalgan xabarlarga koʻra, loyihaning oʻzi orollarda qayta qurish ishlarini olib borish orqali atollni yirik elita turarjoylari joylashgan hududga aylantirishni koʻzda tutadi. Bu yerda sayyoradagi eng badavlat insonlar istiqomat qilishlari va dam olishlari mumkin boʻladi.

Ijaraga berish haqidagi xabarlar Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdul Aziz al Saudning mintaqa mamlakatlariga tashrifi doirasida respublikaga kelishi arafasida paydo boʻldi. Bu oʻz navbatida muxolifatning keskin noroziliklarini keltirib chiqardi.

Xususan, Maldiv demokratik partiyasi vakili, respublikaning sobiq TIV rahbari Ahmad Nasim Times of India nashriga bergan izohida hukumat atollni ijaraga berish borasida aholi fikrini oʻrganmaganidan noroziligini bildirgan.

Nashrning qayd etishicha, atollning Saudiyaga ijaraga berilishi ehtimoli Hindiston hukumatining ham xavotirlariga sabab boʻlmoqda. Chunki, bu Ar Riyozning Hind okeanidagi taʼsirini kuchaytiradi.

Teglar:
Saudiya Arabistoni, ijara, boy odamlar, Maldiv orollari

Asosiy mavzular