Jirinovskiy Rossiya prezidenti qarorgohini Kremldan ko‘chirishni taklif qildi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishKreml
Kreml - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
LDPR partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy prezident qarorgohini Kremldan ko‘chirishni taklif qilmoqda

TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Jirinovskiy o‘z saylovoldi kampaniyasi vaqtida davlat rahbari qarorgohini Kremldan ko‘chirish g‘oyasini ilgari surmoqchi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Vladimir Jirinovskiy. - Sputnik O‘zbekiston
Jirinovskiy Uy-joy kommunal Vazirligini tashkil qilish taklifi bilan chiqdi
"Kreml bo‘shatilsin. U yerda faqat muzey bo‘lishi kerak. Prezident qarorgohini ko‘chirib, boshqa yaxshiroq joydan qurish lozim, Kreml esa ulkan muzey bo‘lishi kerak. U yerga millionlab sayyohlar sig‘adi", — degan jurnalistlarga Jirinovskiy.

Rossiyada prezident saylovlari 2018-yilda bo‘lib o‘tishi lozim. Jirinovskiy prezident saylovida ishtirok etish niyatini bildirgan. Bundan tashqari, Rossiyaning "Yabloko" partiyasi o‘z nomzodi sifatida Grigoriy Yavlinskiyni ko‘rsatmoqchi. Shuningdek, "Kirovles" mol-mulkini talon-taroj qilganlik uchun sirtdan sud qilingan Aleksey Navalniy ham prezident poygasida ishtirok etish niyatinibildirgan. Ekspert-huquqshunoslarning fikricha, sud qarori unga prezidentlik saylovida ishtirok etishiga monelik qilishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0