07:31 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
191771

Ayni vaqtda Vladimir Jirinovskiy jurnalistlar u aytgan gaplarni notoʻgʻri tushunishganini taʼkidlamoqda

TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. 15 mart kuni Vladimir Jirinovskiy va "Yedinaya Rossiya" deputatlari oʻrtasida roʻy bergan ogʻzaki tortishuvdan keyin LDPR fraktsiyasi toʻliq tarkibda majlislar zalini tark etgan edi.

LDPR yetakchisi oʻz nutqida Moskva viloyatlaridan biri boʻlmish — Ruzda partiya deputatlariga bosim oʻtkazilayotgani haqida axborot bergan va Moskva viloyati rahbarlari hamda "Yedinaya Rossiya" nomiga negativ fikrlarni bildirgan.

Jirinovskiy Moskva viloyatini "kriminal" viloyat, deputatlarni esa "sotilganlar" deb atagan. "Sizlarni ham sudga beramiz. Kelgusi yilning mart oyida men Kremlga koʻchib kiraman, shaxsan oʻzim sizlarni otib, dorga osaman, ablahlar", — deya qoʻshimcha qilgan u.

Shundan soʻng Jirinovskiy fraktsiyani zaldan chiqarib ketgan.

Bugun Jirinovskiy parlamentariylar va jurnalistlar u aytgan gaplarni notoʻgʻri tushunishganini taʼkidlamoqda.

Jirinovskiy "otish" va "dorga tortish" iboralari jinoiy guruhlar aʼzolariga tegishli, deya izohlamoqda.

"Men mafiya haqida, jinoyatchilik toʻgʻrisida, korruptsiya haqida gapirgandim. Mening murojaatim aynan ularga qaratilgan. Deputatlik korpuslarining bunga nima aloqasi bor", — deya taʼkidlagan siyosatchi.

Rossiyaning qolgan fraktsiyalari Jirinovskiyni nojoiz taʼkidlari uchun uzr soʻrashga chaqirgan, ammo siyosatchi kechirim soʻrash niyati yoʻqligini maʼlum qilmoqda.

Teglar:
Jirinovskiy, Rossiya

Asosiy mavzular