16:15 19 Noyabr 2019
Efir
  • RUB149.01
  • EUR10498.56
  • USD9500.96
Migrantlar, arxiv surat

"Uylandingmi, toʻlab qoʻy" - Rossiyada migrantlar bilan soxta nikohdan oʻtish avjida

© Sputnik / Ilya Pitalev
Dunyoda
Havola olish
Men - migrantman. Yangi loyiha (69)
248441

Soxta nikohdan ikkala tomon ham oʻziga yarasha manfaat koʻradi, qolaversa, bu uchun hech qanday jazo belgilanmagan. Shu bois ham keyingi vaqtlarda bu ish migrantlar orasida "moda" tusiga kirmoqda

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Moskva shahar IIB migratsiya boʻlinmasi xodimlari rossiyalik ayollar bilan soxta nikohdan oʻtish orqali mamlakatda vaqtincha yashash huquqini beruvchi hujjatga ega boʻlayotgan migrantlar soni keskin oshganini qayd etdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

"Soxta nikoh"dan oʻtishdan ikkala tomonning ham oʻziga yarasha manfaatlari borligi, qolaversa, bu uchun hech qanday jazo belgilanmagani tufayli keyingi vaqtlarda bu ish migrantlar orasida "moda" tusiga kirganligi qayd etilgan.

Xotin — Saxalinda, er esa — Moskvada

"Oddiy misol, Moskva shahridagi migratsiya markaziga bir migrant murojaat qilib, uning oʻz oilasi bilan "birlashish" niyati borligini maʼlum qiladi. Bu ham mayli, ammo uning rafiqasi bu vaqtda Saxalinda boʻladi. Tabiiyki, migrant u yoqqa borish niyati ham yoʻq, — deb xabar qilgan nashrga huquq-tartibot organlaridagi manba. — Qonundagi bu tuynuk orqali Moskvada oʻrnashib, soliq toʻlamay yurish mumkin. Axir Moskva patent toʻlovlari orqali bugungi kunda trillionlab foyda koʻrmoqda".

Bugungi kunda RVP (Rossiyada vaqtincha yashashga ruxsatnoma)ni umumiy tartibda olish unchalik oson ish emas: buning uchun maxsus komissiyadan oʻtish talab etiladi. Undan tashqari, regional kvotalar degan gap ham bor. Kvota hammaga ham yetmasligi mumkin.

Internatsional oilalar uchun esa, tabiiyki, istisnolar belgilangan. Ammo statistik maʼlumotlarga koʻra, ushbu istisno allaqachon qoidalar qatoridan joy egallagan. RVP uchun yozilgan 13,5 mingta arizaning kattagina qismi (sakkiz yarim mingi) Moskva shahrida aynan yangi "kelin-kuyov"lar tomonidan kelib tushgan.

Mamlakat boʻyicha bu koʻrsatkich — 35 mingni tashkil qiladi (2009 yilda arizalar soni atigi 686ta boʻlgan).

Bir soatlik er

Murmansk shahar tuman sudi yanvar oyida ragʻbat evaziga soxta nikoh tuzish boʻyicha xizmatlarni internet orqali tarqatishni taʼqiqlash qarorini chiqargan edi.

Bu talabga izoh keltirgan mahalliy prokuratura: "bu kabi maʼlumotlar chet ellik fuqarolarning noqonuniy migratsiya qilishlari uchun axborot sherikchilik sifatida xizmat qilishini" bildirdi. Va bunday ishlani tashkillashtirish qonunan jazolanishini qoʻshimcha qildi.

Ammo bugun yopilgan saytlar oʻrniga ertasiga yangilari ochilmoqda. Soxta nikohlarga bagʻishlangan guruhlarni ijtimoiy tarmoqlarda ham topish mumkin.

Rossiyaga kelayotgan mehnat migrantlari bilan bu kabi "kelishuv" Moskva va uzoq regionlarda yashovchi aholi oʻrtasida keng tarqalgan. Farq — narxda. Moskvalik xotin yoki er uchun 100 ming rubl atrofida toʻlashga toʻgʻri kelsa, uzoqroq regionlarda yashovchilar bu pulning teng yarmiga "soxta nikoh"dan oʻtishga rozi boʻlmoqda.

Axloq himoyachilari — prokuratura organlari ham boʻsh oʻtirgani yoʻq. Internet resurslarga qarshi kurashdan tashqari, nazorat organlari soxta nikohlarni bekor qilish uchun ham kurash olib bormoqda.

Ammo, aksariyat hollarda ular soxta er yoki soxta xotin talabi bilan bu ishga jalb qilinyapti. Boshqa tomondan esa, prokurorlarga kim kim bilan va qanday yashayotganini kuzatishga kim ham ruxsat berardi deysiz?

Soxta nikoh bilan bogʻliq eng soʻnggi ish Sankt-Peterburg tuman sudi tomonidan koʻrib chiqilgan. Tekshiruv jarayonida Rossiya fuqarosi boʻlgan ayol va tojikistonlik erkak "birgalikda yashamasliklari, birgalikda roʻzgʻor yuritmasliklari, birgalikdagi mol-mulkka ega emasliklari, oʻrtalarida hech qanday munosabat yoʻqligi" aniqlangan.

Mavzu:
Men - migrantman. Yangi loyiha (69)

Asosiy mavzular