12:20 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
1403111

Bugun Moskvadagi jomeʼ masjidida "Qurʼon festivali-2017" boʻlib oʻtmoqda. Festival doirasida tashrif buyuruvchilarga paygʻambar Muhammad (s.a.v.)ning muqaddas soch tolalari namoyish etildi

TOSHKENT, 26 mar — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Rossiyaning eng asosiy masjidlaridan biri boʻlmish jomeʼ masjidi bugun minglab ziyoratchilarni oʻz bagʻriga chorlamoqda. Chunki ushbu maskanda bugun ikkinchi bor Qurʼon festivali oʻtkazilmoqda.

Moskva jomeʼ masjidi imomi Shamil Alyautdinov mehmonlarga murojaat qilar ekan, ushbu festival musulmonlarning muqaddas kitobi boʻlmish — Qurʼonga bagʻishlanganini aytib oʻtdi.

Moskva jomeʼ masjididagi Qurʼon festivali
© RIA Novosti . Vladimir Pesnya
Moskva jomeʼ masjidi imomi Shamil Alyautdinov

Va, u haqda hatto Pushkin sheʼrlar bitganini taʼkidlab, buyuk rus shoirining ijodidan yigʻilganlarga ikki toʻrtlik oʻqib berdi.

"Tvortsu molites; on moguchiy:
On pravit vetrom; v znoynыy den
Na nebo nasыlayet tuchi;
Dayet zemle drevesnu sen.

On miloserd: on Magometu
Otkrыl siyayuщiy Koran,
Da pritechem i mы ko svetu,
I da padet s ochey tuman"…

Shundan soʻng imom bugun soat 11 dan to kechga qadar jomeʼ masjidi devorlari ichida bayram tadbirlari boʻlib oʻtishi haqida aytib oʻtdi.

Aytish joizki, tadbir Qurʼon yosh hofizlari tanlovidan boshlandi. Mazkur tanlovda 3 yoshdan 14 yoshgacha bolalar ishtirok etdi. Hayʼat aʼzolarining soʻzlariga qaraganda, bugungi tanlovda turli mamlakatlardan 20ga yaqin bolalar ishtirok etishi belgilangan.

Moskva jomeʼ masjididagi Qurʼon festivali
© RIA Novosti . Vladimir Pesnya
Moskva jomeʼ masjididagi Qurʼon festivali

Andijonlik 9 yoshli Mahmudov Muhammadumar oʻzining chiqishi bilan koʻpchilikning eʼtirofiga sazovor boʻldi.

Bolakayning aytishicha, u ota-onasi bilan 3 yildan beri Ivanovoda istiqomat qilib keladi.

Qurʼonning yosh bilimdoni andijonlik Muhammadumar Mahmudov
© Sputnik / Dilshodbek Asqarov
Qurʼonning yosh bilimdoni andijonlik Muhammadumar Mahmudov

Muhammadumar kelajakdagi orzui shayx boʻlish ekanligini aytib oʻtdi hamda barcha tengdoshlariga aʼlo baholarga oʻqish tilagini bildirdi.

Mazkur tadbirda Paygʻambar Muhammad (s.a.v.)ning masjidda saqlanayotgan muborak soch tolalari namoyish etildi.

Muhammad paygʻambar (s.a.v.)ning muqaddas soch tolalari barcha musulmonlar uchun eng ardoqli yodgorlik boʻlib qolmoqda. Bu yodgorlikni masjidga umrbod saqlash uchun Checheniston rahbari Ramzan Qodirov tortiq qilgan.

Moskvadagi masjidda Muhammad paygʻambar (s.a.v)ning soch toasi namoyish etildi
© REUTERS / Vladimir Pesnya
Moskvadagi masjidda Muhammad paygʻambar (s.a.v)ning soch tolasi namoyish etildi

Ushbu yodgorlik faqat tantanali tadbirlardagina xalqqa namoyish etiladi. Moskva jomeʼ masjididan avval bu muqaddas yodgorlik Grozniy shahridagi "Checheniston yuragi" masjidida saqlangan.

Festival mehmonlari "Qurʼondan ilhomlanganlar" kitoblar koʻrgazmasini tomosha qilib, Qurʼon xattotligidan master klass olishlari va Qurʼonning goʻzal qiroatidan bahramand boʻlishlari va islom huquqi (fiqh) boʻyicha oʻtkaziladigan interaktiv viktorinada qatnashishlari mumkin.

Tadbir soat 22.00ga qadar davom etadi.

Teglar:
jomeʼ masjid, Muhammad paygʻambar (s.a.v.) soch tolasi, Qurʼoni Karim, Pushkin, Moskva

Asosiy mavzular