11:50 30 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
94920

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB)ga aʼzo mamlakatlarda rangli inqiloblar yuz berishiga yoʻl qoʻymasligiga vaʼda berdi

TOSHKENT, 12 apr — Sputnik. Rossiya hukumati mamlakat ichkarisida kabi, ODKBga aʼzo davlatlarda ham rangli inqiloblar yuz bermasli uchun harakat qiladilar, deb bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin. RIA Novosti xabariga asosan.

"Biz turli davlatlarda amalga oshiriladigan turli nazariyalarni bilamiz, ular mintaqalarda jiddiy notinchliklarga olib keladi. Albatta, bu kabi hodisalar yuz berishiga yoʻl qoʻymasligimiz lozim va Rossiyada oʻzimizni tegishli tarzda tutishga hamda ODKB boʻyicha hamkorlarimizni qoʻldan kelgancha qoʻllab-quvvatlashga harakat qilamiz", — degan Putin "Mir" telekanaliga bergan intervyusida.

"Rangli inqiloblar" — hukumat oʻzgarishi jarayonining umumiy nomidir. Rangli inqiloblarga Gruziyada yuz bergan "atirgul inqilobi", Qirgʻizistondagi "lola inqilobi", Ukrainadagi "zargʻaldoq rang inqilob", Tunisdagi "yasmin inqilobi", va Misrdagi "nilufar inqilobi"ni misol keltirish mumkin. Ular odatda tinchlik mitinglari koʻrinishida boshlanadi va huquqiy normalar doirasidan chiqib ketadigan keskin noroziliklarga aylanib ketadi. Asosan tashqi tomondan fitna tarzida uyushtiriladigan bunday harakatlarning asosiy maqsadi davlat hokimiyatini toʻntarishdan iborat boʻladi.

Teglar:
rangli inqiloblar, ODKB, Putin

Asosiy mavzular