21:58 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
150860

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov oʻz chiqishlarida va xorijlik hamkasblari bilan muzokaralari chogʻida keyinchalik oʻta ommalashib ketadigan iboralarni ishlatadi. RIA Novosti nashri tomonidan toʻplangan diplomatning eng mashhur iboralarini eʼtiboringizga havola qilamiz

TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Kuni kecha Sergey Lavrov amerikalik jurnalistlarga odobnoma darsini oʻtdi, deyish mumkin.

AQSH Davlat kotibi Reks Tillerson bilan protokol tadbiri oldidan Lavrov muzokaralarni boshlashga halal bergan va qichqirib savollar bera boshlagan amerikalik jurnalistlarni koyib berdi.

"Sizlarni kim tarbiyalagan?", — deb savol bergan Lavrov.

Shundan soʻng zalda jimjitlik choʻkkan.

Raqsga oʻrin yoʻq

NATOga aʼzo mamlakatlarning Tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi chogʻida Reks Tillerson, Rossiya bilan tangoga tushish mumkin, "ammo koʻrinib turibdi-ki, sizlar Lavrov bilan raqs tusha olmaysizlar, chunki unga raqs tushishga ruxsat berilmagan", deb aytgan.

"Menga oyimlar ham oʻgʻil bolalar bilan raqs tushishni man etardi", AQSH Davlat kotibining soʻzlariga izoh bering degan savolga Lavrov xuddi shunday javob qildi.

Mashhur haqorat

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri Adel al-Jubayr bilan oʻtkazgan matbuot-anjumani chogʻida, Rossiya tashqi ishlar mahkamasi rahbari oʻz hissiyotlarini jilovlay olmadi va haqoratli soʻz aytdi.

"Dumbullar…"

Diplomatning gʻazab otiga minishiga nima sabab boʻlgan — nomaʼlum. Lavrovning oʻzi sal keyinroq, hech kimga jahl qilmaganini, shunchaki mikrofon yoniq ekanidan bexabar boʻlganini maʼlum qilgan.

Kuylashni bilmasang — ichma

2014 yilda Ukraina TIV rahbari Andrey Teshchitsa Rossiya haqida qoʻpol gaplarni aytgach, Lavrov kiyevlik bu diplomat Moskva uchun — "kesilgan boʻlak" ekanligini maʼlum qildi.

"Unga qarab turib, yaxshi bir ibora esga tushadi: "ashula aytishni bilmasang — ichma, degan", — deb taʼkidlagan Lavrov jurnalistlarga.

Tabrik uchun rahmat

2016 yilda AQSH Davlat kotibi Jon Kerri Sergey Lavrovni oʻtib ketgan tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga muzokaralar oʻtkazishda donolik tilagan edi. Kerriga javoban Lavrov:

"Agar donolik tugʻilgan kunlar soni bilan oʻlchaydigan boʻlsak, unda men seni quvib ham yetolmasligim aniq", — degan edi hozirjavoblik bilan.

Teglar:
eng mashhur iboralari, Rossiya TIV rahbari, Lavrov

Asosiy mavzular