Milliarder muxolifatchi Navalniyni sudga berdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishAlisher Usmonov
Alisher Usmonov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Da’vo arizasi Moskva shahri Lyublino tuman sudi tomonidan ro‘yxatga olingan

TOShKENT, 13 apr — Sputnik. Rossiyaning eng boy kishilaridan biri, milliarder Alisher Usmonov Korrupsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi, muxolifatchi Aleksey Navalniy ustidan Moskva shahridagi Lyublino sudiga da’vo arizasini berdi.

Alisher Usmanov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov Navalniy ayblovlarini puchga chiqardi
Da’vo arizasi Moskva shahri Lyublino tuman sudi tomonidan 2017-yilning 12-aprel sanasida ro‘yxatga olingan.

Usmonovning da’volari mohiyati va da’vo arizasining boshqa detallari oshkor qilinmagan va da’vo arizasini ko‘rib chiqish muddati ham hali tayinlanmagan.

Ilgariroq Alisher Usmonov rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyni tuhmat qilgani uchun sudga berishi haqida xabar qilgan edik.

Biznesmenning so‘zlariga ko‘ra, Navalniy uni Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan korrupsiyaga oid aloqalarda, soliqdan qochgan holda daromad olayotganlikda va "sariq chaqa uchun ishlayotgan" o‘z ishchilarini o‘marayotganlikda ayblab, "qizil chiziqni kesib o‘tgan".

Usmonovga ko‘ra, Navalniy "go‘zal suratlarni ommaga e’lon qilishga ishtiyoqmand, ammo hujjatlarni o‘qishga kelganda bee’tibor" va shu bois, endilikda o‘z so‘zlari uchun javob berishi lozim.

Navalniyning Korrupsiyaga qarshi kurashish fondi vakillari milliarderning yuristlari bilan sudda uchrashishdan "o‘ta xursand" ekanliklarini bildirishgan.

Yangiliklar lentasi
0