Politsiya va armiya tayyorlashda Afg‘oniston Rossiyadan yordam so‘radi

Obuna bo‘lish
Shuningdek, Qobul iqtisodning 124 obyektini qayta tiklashda ham Moskva yordamiga umid qilmoqda.

TOShKENT, 16 apr – Sputnik. Afg‘oniston o‘z armiya va politsiyasini tayyorlashda Rossiyadan yordam so‘radi. Bu haqida mamlakat tashqi ishlar vazirligi Siyosat va strategik rejalashtirish bo‘limi Muxammad Ashraf Xaydari xabar qildi.

Haydari aytishiga qaraganda ushbu masala Rossiya Tashqi ishlar vazirligida muhokama qilingan va ayni damda Qobul moskvadan javob kutmoqda. Shuningdek, ushbu yilning fevral oyida Qobul Moskvadan iqtisodning 124 obyektini qayta tiklashda yordam so‘ragan edi.

“Mamlakatlarimiz orasida hamkorlikning bunday ko‘rinishi amalga oshishi mumkin, chunki oxir oqibatda gap, terrorchilik va ekstremizmga qarshi kurash haqida ketmoqda. Bundan hamma mamlakatlar manfaatdor”, — dedi rossiyalik senator Ilyas Umaxanov RIA Novosti jurnalistlariga. 

Senator, jurnalistlarga Rossiya va Afg‘oniston orasida narkotiklarga qarshi kurash sohasi mutaxassislari tayyorlashda, shunday hamkorlik tajribasi borligini eslatib o‘tdi va harbiy sohada hamkorlik qilish uchun yakuniy qaror prezident va mudofaa vaziri tomonidan qabul qilinishini xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Xalqaro sud Pentagon va AQShni Afg‘oniston hududida amalga oshirilgan harbiy jinoyatlarda ayblagan va Xalqaro sud ixtiyorida bunday jinoyatlarga bir necha video dalillar borligi ma’lum qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0