09:52 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
433 0 0

Sovet davrida ishlab chiqarilgan samolyotlar Amerikada ishlab chiqarilgan F-16 va F-35 universal qiruvchi samolyotlariga almashtirilishi ehtimoli koʻrib chiqilmoqda

TOSHKENT, 26 apr — Sputnik. Polsha Mudofaa vazirligi Harbiy havo kuchlarini qayta taʼminlash maqsadida samolyotlar tanlamoqda. Harbiylar Amerikada ishlab chiqarilgan F-16 va F-35 rusumli universal qiruvchi samolyotlarni koʻrib chiqishmoqda, ular oʻz navbatida sovet davridan qolgan Su-22 va MiG-29 rusumli qiruvchilarni yangilashi zarur, deb bayonot berdi Polsha Mudofaa vaziri oʻrinbosari Bartosh Kovnatskiy.

Uning soʻziga koʻra, hozirda harbiy aviatsiya holati boshqa qurolli kuchlar turlari bilan solishtirganda "qoniqarli" darajada: Harbiy havo kuchlari 48 dona bir oʻrinli va ikki oʻrinli F-16 rusumli samolyotlar bilan taʼminlangan. Shu bilan birga, vazir oʻrinbosariga koʻra, samolyotlar miqdori yetarli darajada emas.

"Eski Su-22 va MiG-29 rusumli samolyotlarni yangi zamonaviy samolyotlar bilan yangilash zarur. Lekin, yakuniy qaror qabul qilish uchun Mudofaa vazirligida F-16 rusumli samolyotlar va  boshqa, masalan F-35 rusumli samolyotlar bilan taʼminlash yuzasidan tahlil ishlari olib borilmoqda", — dedi Kovnatskiy.

Kovnatskiy oqilona qarorlar qabul qilish kerakligi haqida qoʻshimcha qildi.

Shu bilan birga amaldor, 2030 yildan boshlab Varshavada mudofaa harajatlarini yalpi ichki mahsulotning 2 %idan 2,5%igacha koʻpaytirish rejalashtirilgani haqida maʼlum qildi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular