21:53 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Dunyoda
Havola olish
Koreya yarimorolidagi vaziyat: ziddiyat, kelishuv, tinchlik sari yoʻl (84)
504 0 0

AQSH Shimoliy Koreya harakatlariga qarshi harbiy yoʻsin bilan javob qaytarish mumkinligi variantini inkor etmagan holda, Pxenyanni sanktsiyalar bilan "jilovlab" turishga koʻproq urgʻu berishga bel bogʻlagan

TOSHKENT, 3 may — Sputnik. AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya Mudofaa mahkamalari Shimoliy Koreya boʻyicha majlis oʻtkazishdi. Tadbir teleanjuman rejimida oʻtgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabarda taʼkidlanishicha, bu haqda Pentagon bayonotida aytilgan. Majlis dushanba kuni oʻtkazilgan, deb aniqlik kiritgan Pentagondagilar.

Amerika delegatsiyasini AQSH Mudofaa vazirining Sharqiy Osiyo boʻyicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Kris Jonston boshqargan.

"AQSH Janubiy Koreya va Yaponiya xavfsizligi borasidagi pozitsiyasi qatʼiyligini tasdiqladi", — deyilgan Pentagon bayonotida.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta oxirida BMT Xavfsizlik kengashi KXDR boʻyicha maxsus kengash oʻtkazgach, oradan bir necha soat oʻtib Shimoliy Koreya navbatdagi ballistik raketani sinovdan oʻtkazdi. Kengash davomida AQSH KXDR izolyatsiyasini kuchaytirish zarurati haqida gapirib, hozirda amalda boʻlgan sanktsiyalarni kuchaytirishga va yangi cheklovlar kiritishga tayyorligini qoʻshimcha qilgan, Janubiy Koreya esa mana shunday provokatsiyaga oid harakatlari bilan KXDR BMT aʼzosi boʻlib qolishi mumkinligi haqida oʻylab koʻrishni taklif qilgan.

Sal oldin AQSH prezidenti Donald Tramp Blumberg agentligiga bergan intervyusida KXDR yetakchisi bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qilgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Mavzu:
Koreya yarimorolidagi vaziyat: ziddiyat, kelishuv, tinchlik sari yoʻl (84)
Teglar:
KXDR, Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSH

Asosiy mavzular