18:13 21 Aprel 2018
Efir
KXDR yetakchisi Kim Chen In

Kim Chen In oʻz qoʻshinlariga "yov umurtqasini sindirishga" tayyor turishni buyurdi

© REUTERS / KCNA
Dunyoda
Havola olish
529 0 0

Kim Chen Inga Janubiy Koreyaning qoʻgʻirchoqqa aylanib qolgan dushman kuchlarining shimoliy-gʻarbiy orollardagi soʻnggi harakatlanishlari hamda qoʻshimcha kuchlar olgan Yonpxyondo orolidagi boʻlinma holati haqida bayonotni oʻqib eshittirishgach, u oʻz qoʻshinlariga jangovar tayyor holatda turishga buyruq bergan

TOSHKENT, 5 may — Sputnik. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Sariq dengizda, Janubiy Koreya bilan baxsli dengiz chegarasiga yaqin joyda joylashgan, Chanjedo va Mudo orolchalaridagi  Koreya Xalq Armiyasi artilleriya boʻlinmalarini shaxsan borib tekshirdi. Xabarga koʻra, Kim Chen In harbiy xizmatchilarni "birinchi buyruq jaranglashi bilan dushman umurtqasini sindirish"ga tayyor holatda turishga chaqirgan.

"U (Kim Chen In) Yonpxyondo orolini Chanjedo orolidagi kuzatuv punktidan koʻzdan kechirdi. Unga Janubiy Koreyaning qoʻgʻirchoqqa aylanib qolgan dushman kuchlarining shimoliy-gʻarbiy orollardagi soʻnggi harakatlanishlari haqida hamda ayni vaqtda qoʻshimcha kuchlar olgan Yonpxyondo orolidagi boʻlinma holati haqida bayonotni oʻqib eshittirishgach u (Kim Chen In) dushman obʼyektlaridagi yangi garnizonlar boʻylab artilleriya zarbasini berish boʻyicha reja bilan tanishgan va tegishli topshiriqlarni bergan", — deb taʼkidlanadi Koyeya Markaziy telegraf agentligi xabarida.

"U (Kim Chen In) frontning janubi-gʻarbiy liniyasini himoya qilayotgan Koreya Xalq Armiyasi oliy artilleriya boʻlinmalari yuqori jangovor tayyorgarlikni saqlab turishlari va birinchi buyruq bilan dushman umurtqasini sindirishga tayyor boʻlishlari lozimligini taʼkidlagan", — deyiladi xabarda.

Shimoliy Koreyaning Chanjedo va Mudo orollari hamda Janubiy Koreyaning Yonpxyondo oroli Sariq dengizdagi munozarali dengiz chegarasiga yaqin joyda joylashgan.

Sariq dengizda belgilangan chegara chizigʻi Koreya yarim orolidagi bahsli hudud sanaladi. "Shimoliy chegara chizigʻi" deb ataluvchi chiziq 1950-53 yillardagi urushdan soʻng (yarashuv bitimi imzolanganiga qaramay) Koreyada BMT bayrogʻi ostida jang qilgan AQSH tomonidan bir tomonlama tartibda oʻtkazilgan. KXDR ushbu chiziqni tan olmay, chegarani oʻzi belgilab olgan. Ammo Pxenyan oʻtkazgan chiziqni Janubiy Koreya tan olmaydi.

KXDR tomonidan qator ballistik raketalar sinovi oʻtkazilgach Koreya yarimorolidagi ziddiyat yanada oʻtkir tus oldi. AQSH KXDRga qarshi harbiy harakatlar boʻlishi mumkinligi ehtimolini aytib oʻtgan, ammo hozircha Pxenyanga sanktsiyalar yordamida iqtisodiy bosim oʻtkazib, "jilovlab turishga" eʼtibor qaratmoqda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Asosiy mavzular