"Jannatda uchrashamiz, azizam": Rossiyada o‘zbekistonlik alfons-prokuror qo‘lga tushdi

© SputnikFiribgar suratini tomosha qilayotgan ayol
Firibgar suratini tomosha qilayotgan ayol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Alfons kamida o‘n nafar ayolni aldagan. Ulardan biri firibgarga, go‘yoki saraton shishini oldirib tashlash uchun qariyb yarim million rubl pulini berib yuborgan

TOShKENT, 5-may — Sputnik. Moskva politsiyasi shaharga O‘zbekistondan kelgan 35 yoshli firibgar — Rinat Gubaydulinni qo‘lga oldi, deb xabar berdi "360" telekanali.

Ta’kidlanishicha, erkak "qurbon" sifatida tanlagan ayollarga o‘zini prokuror deb tanishtirgan.

Fol ochish - Sputnik O‘zbekiston
Xorazmlik firibgarlar 31 ming dollar evaziga o‘lgan odamni "tiriltirib" bermoqchi bo‘lishdi
Alfons kamida o‘n nafar ayolni aldagan. Ulardan biri, Moskvada yashovchi 21 yashar ayol firibgarga, go‘yoki saraton shishini oldirib tashlash uchun qariyb yarim million rubl pulini berib yuborgan.

Shuningdek, firibgar o‘z qurbonlarining biridan MacBook, iPhone, PSP, 50 ming rubl, yangi yil archasi va hatto toshbaqa solingan akvariumni ham o‘g‘irlab ketgan.

Ma’lum bo‘lishicha, firibgar o‘zining Andrey ismli o‘rtog‘i yordamida doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlar orqali moskvalik qizlar bilan tanishgan, shundan so‘ng bor san’atini ishga solib ularni pulga chuv tushirgan. Firibgar ayollar bilan tanishib, ularning ishonchiga kirib olgach, "bo‘lajak oilasi uchun yangi uy qurish", "ishdagi muammolar" va "Isroil davlatida saraton shishini operatsiya yordamida oldirib tashlash" singari afsonalarni ishga solgan va ana shunday bahonalar bilan ulardan katta miqdorda pul undirgan.

Oxir-oqibat, firibgarning qurbonlari guruhga birlashib, birgalikda surishtiruv ishlarini boshlaganlar. Erkakni o‘g‘irlikda gumon qilib, hisbga olishgan va tergov vaqtida u uy qamog‘ida saqlangan. Alfons uylanganligi fosh qilinib, buning ustiga ikki farzandi borligi ham ma’lum bo‘lib qolgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyatlarni sodir etishda unga rafiqasi yordam bergan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0