14:30 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
9 May - muqaddas Xotira va buyuk Gʻalaba kuni (34)
882 0 0

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 72 yilligi munosabati bilan tabrik maktubi yoʻlladi

TOSHKENT, 8 may — Sputnik. Putin Mirziyoyevni Ikkinchi Jahon urushidagi gʻalabaning 72 yilligi bilan tabrikladi, deb xabar qilindi Kreml rasmiy saytida.

Rossiya prezidentining tabrik xatida taʼkidlanishicha, 9-may qutlugʻ sana boʻlib, butun insoniyat va Vatanni fashizm balosidan qutqarish uchun frontda hamda front ortida yelkama-yelka, bir tan-u bir jon boʻlib kurashgan ota va bobolarimiz qahramonliklarining timsolidir.

Vladimir Putinning alohida qayd etishicha, tarixni har qanday koʻrinishda oʻzgartirish, fashizm va natsizmning jinoiy qilmishlarini oqlashga boʻlgan urinishlarga qarshi birgalikda kurashish – mudhish urushda halok boʻlganlar va qatnashgan askarlar xotirasiga eng yaxshi hurmat bajo keltirish boʻladi.

Vladimir Putin, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevdan urush faxriylari va front ortida mehnat qilganlarga taʼzimini yetkazib qoʻyishni soʻrab, ularga mustahkam sogʻliq, uzoq umr va farovonlik tilab qolishini bildirgan.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Mavzu:
9 May - muqaddas Xotira va buyuk Gʻalaba kuni (34)
Teglar:
veteranlar, Ikkinchi jahon urushi, 72 yilligi, Gʻalaba bayrami, Shavkat Mirziyoyev, Vladimir Putin

Asosiy mavzular