14:01 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
522 0 0

Varshava va Vashington oʻrtasida Polshaga Patriot tizimlari yetkazib berilishi borasida kelishuv imzolandi

TOSHKENT, 6 iyul — Sputnik. Polsha milliy Mudofaa vazirligi va Pentagon oʻrtasida Varshavaga Patriot havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini yetkazib berish boʻyicha bitim imzolandi, deb bayonot qildi Polsha Mudofaa vaziri Antoni Macherevich. RIA Novosti xabari asosida.

Hujjat Amerika prezidenti Donald Trampning Varshavaga tashrifi davomida imzolangan.

Macherevichning aniqlik kiritishicha, Polshaga yetkaziladigan majmualar eng soʻnggi oʻt ochishni boshqarish tizimi — IBCS bilan jihozlanadi. Raketalar 2022 yildan boshlab yetkazila boshlaydi. Varshava sakkizta Patriot uchun 7,5 milliard dollar  ajratishni rejalashtirgan.

Polsha Mudofaa vazirining soʻzlariga koʻra, ushbu majmualar xaridi Polshani "har qanday dushman"dan himoya qilish, yaʼni mamlakat xavfsizligini taʼminlash uchun xizmat qiladi va Rossiya "Iskander"lariga qarshi samarali qarshilik koʻrsatish imkonini beradi.

Varshava hukumati ilgariroq NATO askarlari va Amerika havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari oʻz hududida doimiy boʻlishiga umid bildirgan edi.

Moskva "Rossiya NATOga aʼzo davlatlarning birortasiga hech qachon hujum qilmasligi"ni muntazam ravishda takrorlab kelishiga qaramay, Varshava, Boltiqboʻyi davlatlari, xususan, Polsha uchun "Rossiya tomondan boʻladigan xavf" haqida takrorlashdan charchamayapti.

Teglar:
Varshava, Polsha, Patriot, AQSH

Asosiy mavzular