Qoshlari g‘alati ayol Tramp nutqini yo‘qqa chiqardi

© Sputnik / Keytlin Ouks / Mediabankka o‘tishAQSh prezidenti Donald Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoshlari o‘ta noyob tuzilishga ega bo‘lgan ayol Tramp nutqini yo‘qqa chiqardi

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp dushanba kuni Obamacare tibbiy sug‘urtasini tanqid qiluvchi nutq so‘zladi. Ammo ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining e’tibori Amerika prezidenti chiqishiga emas, balki uning ortida turgan qoshlari g‘alati ayolga "mixlandi".

Qoshlar Trampga qarshi

Twitter foydalanuvchilari ayol qoshlarining tuzilishi Amerikaning sobiq prezidenti Barak Obama tomonidan sog‘liqni saqlash tizimida o‘tkazilgan islohotlardan qoniqmaslikni ifodalamoqda, deya izoh berdilar.

When you realize that your eyebrows are a victim of Obamacare.

"Qoshlaring Obamacare islohoti qurboniga aylangani shu-da", — deb yozdi internet foydalanuvchilaridan biri.

Tramp Obamacareni emas, balki bu ayolning qoshlarini o‘zgartirishi kerak, deb fikr bildirgan foydalanuvchilardan yana biri.

Internet foydalanuvchilar orasida Tramp odamlarni atay chalg‘itish uchun bu ayolni yollagan deya fikr bildirganlar ham topildi. 

#trump planting distractions during live broadcasts so we couldn't hear a thing he said

​Trampning gaplariga qoshlar aynan shunday reaksiya bildiradi, bu axir tabiiy, deb yozdi yana kimdir.

"Hatto qoshlar ham Trampning so‘zlaridan hayratda"

Shu bilan birga ayolga sidqidildan achinganlar ham bo‘ldi.

"Matbuot-anjumani tugagach, bu ayol butun Tvitter ahli uning qoshlarini muhokama qilganidan albatta xabar topadi. Bu ayolga juda ham achinyapman"

Yangiliklar lentasi
0