08:22 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻizistonda prezident saylovi (13)
55120

Qirgʻiziston bosh vaziri Soronbay Jeenbekovni markaziy saylov komissiyasi prezident saylovida ishtirok etadigan nomzod sifatida roʻyxatga oldi

TOSHKENT, 21 avg — Sputnik. Qirgʻiziston bosh vaziri Soronbay Jeenbekov uni markaziy saylov komissiyasi rasmiy roʻyxatga olgach u isteʼfoga chiqishini maʼlum qildi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston xabar bermoqda.

"Men faqat saylov vaqtida bosh vazir lavozimida qolishim mumkin edi. Bu haqda hamkasblarim ham aytishgan. Lekin men barcha nomzodlar bilan bir xil boʻlishga qaror qildim. Bugun vakolatlarimni tugatilishi haqida iltimosnoma yozaman. Hozir hukumat yigʻilishini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻryapmiz. Tushlikdan soʻng arizamni prezidentga topshiraman", — degan jurnalistlarga Jeenbekov.

Jeenbekov, shuningdek, prezident etib saylanadigan taqdirda Almazbek Atambayevning siyosatini davom ettirishini maʼlum qilgan.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻizistonda prezident saylovlari joriy yilning 15 oktyabr kuni oʻtkaziladi.

Mavzu:
Qirgʻizistonda prezident saylovi (13)

Asosiy mavzular