Ilon Mask uchinchi jahon urushi boshlanish sababini aytdi

© AP Photo/Ringo H.W. ChiuInjener, predprinimatel, izobretatel i investor Ilon Mask
Injener, predprinimatel, izobretatel i investor Ilon Mask - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu yilning avgust oyida Mask BMTga sun’iy aql-zakovat asosida boshqariladigan va inson ta’sirisiz o‘q otishi mumkin bo‘lgan qurolni ishlab chiqishni taqiqlash zarurligi haqida murojaat yozgan edi

TOShKENT, 4 sen — Sputnik. SpaceX va Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Mask Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Sun’iy aql rivojlantirish sohasida yetakchi bo‘lgan davlat dunyoga hukmdorlik qiladi" degan so‘zlariga izoh berdi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Modifikatsiya atomnoy bombi B61-12 - Sputnik O‘zbekiston
AQSh havo harbiy kuchlari yadroviy bombani sinovdan o‘tkazdi

"Boshlanmoqda….", — deb yozgan u tviterda Rossiya prezidenti bayonotiga.

"Men uylaymanki, sun’iy aql sohasidagi yetakchilikka bo‘lgan intilish oxir oqibat Uchinchi jahoni urushiga olib keladi", — deb yozgan Mask.

Ushbu bellashuvga Rossiya va Xitoy va kompyuter sohasi yuqori rivojlangan davlatlar jalb qilinadi.

Yaroslavl shahrida "Kelajakka intilgan Rossiya" mavzusida bo‘lib o‘tgan ochiq darsda Rossiya prezidenti Putin sun’iy zakovat dunyoga yangi imkoniyatlar ochishi va yirik xavf-hatarlarni yuzaga keltirishi haqida so‘z yuritgan edi.

Ilon Maks shu yil iyul oyida AQSh Milliy gubernator assotsiatsiyasida bergan ma’ruzasida, sun’iy aql yaratish insoniyat uchun jiddiy xavflarni yuzaga keltirishi sababli uni cheklash zarurligi ta’kidlangan.

Shuningdek, joriy yil avgust oyida Mask BMTga sun’iy aql asosida boshqariladigan va inson ta’sirisiz o‘q otishi mumkin bo‘lgan qurolni ishlab chiqishni taqiqlash zarurligi haqida murojaat yozgan edi.

Yangiliklar lentasi
0