Makron Yevropani isloh qilish kerak, uni qaytadan yaratish lozim degan taklif bilan chiqdi

© FABRICE COFFRINI / AFPFransiya prezidenti Emmanuel Makron
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YeI demokratiyasi va kelajagiga doir o‘z qarashlarini Makron bir nutqda jamlagan va uni demokratiya dunyoga kelgan va afinaliklarning ilk kengashlari o‘tkazilgan joy - Pniksda so‘zlagan

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Fransiya prezidenti Emanuel Makron Yevropa Ittifoqini isloh qilishni taklif etdi. Makronning so‘zlariga ko‘ra, 2018-yilda yevropaliklar kutilayotgan o‘zgarishlarni muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi.

Demokratiya vatani Afina shahriga uyushtirgan tashrifi davomida, u xususan yevrozona parlamentini tashkil etishni va unga yagona yevropa ro‘yxati bo‘yicha saylovlar o‘tkazishni taklif qilgan, deb xabar qildi RIA Novosti.

Jan-Klod Yunker - Sputnik O‘zbekiston
YeI raisi: Yevropa xavfsizligini AQSh emas, Yevroittifoq ta’minlashi kerak
YeI demokratiyasi va kelajagiga doir o‘z qarashlarini Makron bir nutqda jamlagan va uni demokratiya dunyoga kelgan va afinaliklarning ilk kengashlari o‘tkazilna joy — Pniksda so‘zlagan.

Makron o‘z nutqini grekcha boshlagan.

"Bu yerda 2500-yil muqaddam greklar demokratiyani kashf qilishgan. Bu yerda nutq so‘zlashning o‘zi — oliy sharaf", — degan grekchalab Makron. To‘planganlarga uning so‘zlari juda ma’qul tushib, chapak chalganlar. So‘ngra Makron fransuz tilida gapirishga o‘tgan.

"Men Yevropa kelajagi o‘z aksini topgan yo‘l xaritasini taklif etaman. Men yangicha uslubni taklif qilmoqdaman, bu o‘laroq yangi Yevropani faqat yopiq eshiklar ortida muhokama qilishmaydi. Biz barcha davlatlarda 2018-yilda yangi maqsadlarni qo‘yishimiz kerak va xalqlar o‘zlari muhokama qilishsin qanday Yevropa ularga kerakligini. Olti oy davomida fuqarolar yig‘inlari bo‘lib o‘tadi va istiqbolda birgalikda Yevropa va yevrozona parlamentiga saylovlar uchun ro‘yxatlar tuziladi", — degan Makron Yevropa omadsizliklariga ishora qilgan holda.

Makron shuningdek, Yevropadagi fuqarolar urushiga barham berishni va asrlar davomida odamlarni birlashtirib kelgan narsa — yevropa sivilizatsiyasini topish kerakligini ta’kidlagan.

Gretsiyadagi inqiroz — bu butun Yevropa muvaffaqiyatsizligi demakdir, degan Makron.

"Biz Yevropani qaytadan yaratish uchun o‘zimizda kuch topmog‘imiz kerak. Odamlar Yevropaga muhtoj, biz Yevropani yangilash uchun o‘zimizda kuch topishimiz kerak", — degan Makron.

Fransiyaning yangi prezidenti Emmanuel Makron - Sputnik O‘zbekiston
Fransiya tarixida eng yosh prezident saylandi
"Agar biz ko‘zimizni ochmasak, Yevropani barbod qilgan avlod degan tamg‘ani o‘z bo‘ynimizga olishga majbur bo‘lamiz, biz ishni avvalo o‘z-o‘zimizni qattiq tanqid qilishdan boshlashimiz darkor", — degan u.

Makron Yevropa Ittifoqini Gretsiyaga nisbatan birdamlik namoyish etishga chaqirgan.

Makron yangi Yevropa bilangina terrorizmga qarshi kurashib, yevropacha suverenitetni qo‘llab-quvvatlash, ammo oldin milliy suverenitet konsepsiyasini qaytadan aniq belgilab olish kerakligini ta’kidladi.

"Biz, yevropaliklar, turfa til va madaniyatga ega Vavilon fuqarolarimiz. Demokratiya, suverenitet, madaniyat — biz yoshlarga mana shu uch narsani taklif etishimiz lozim", degan Fransiya prezidenti va yagona Yevropa asoschilari haqida eslatib o‘tib, o‘zgarishlardan qo‘rqmaslikka chaqirgan.

"Fransiya tanlovi yanada qudratliroq Yevropani tashkil qilishga intilish va bu borada o‘z qarashlarini muhokama qilishdan iborat", — degan Makron.

Yangiliklar lentasi
0