18:58 27 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev

Islom dunyosiga oʻz "katta yigirmataligi" kerak - Nazarboyev

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy
Dunyoda
Havola olish
Mirziyoyevning Qozogʻistonga safari (7)
91320

"Katta yigirmatalik" muqobili islom dunyosining 15ta yetakchi davlatlaridan tashkil topishi mumkin

TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev islom dunyosida "katta yigirmatalik" muqobilini tashkil etishni taklif qildi, deb xabar berdi Sputnik Qozogʻiston.

"Men, G-20ga oʻxshash forum — islom dunyosida fan va iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha norasmiy guruhni — tashkil etish kerak, degan fikrdaman. Islom hamkorlik tashkilotining 15ta yetakchi davlatidan IHT-15 tashkilotini vujudga keltirsa boʻladi", — deb aytgan Nazarboyev yakshanba kuni IHT sammitida.

Qozogʻiston prezidenti, islom dunyosi uchun fan va texnologiyalar taraqqiyoti juda muhimligini, ushbu yoʻnalish "gʻarb davlatlari bilan sermahsul hamkorlik"ni rivojlantirish uchun asos boʻla olishini taʼkidlab oʻtgan.

Nazarboyev fikricha, islom dunyosini gʻarb bilan yaqinlashtirib turadigan forumlarni tez-tez oʻtkazib turish kerak.

Oʻz navbatida Turkiya prezidenti Rajab Erdoʻgʻon IHT davlatlari oʻrtasida fan va texnologiyalar taraqqiyoti sohasida yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish kerak degan fikrni maʼqullagan.

"Islom tsivilizatsiyasi — bu fan va ilm tsivilizatsiyasi. Musulmonlar jahon siyosatiga yoʻnalish berib turgan davrlarda, aynan islom dunyosi ilm-fan va innovatsiyalar markazi boʻlgan. Fan va oʻqish, tadqiqotlar musulmonlar hayotida ikkinchi planga oʻtgach, oʻsha davrdan boshlab ortda qolish va tanazzul davri boshlangan", — degan Erdoʻgʻon.

Erdoʻgʻon aytgan maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda islom dunyosining 55% aholisi savodsizdir.

"Bizning eng muvaffaqiyatli farzandlarimiz, eng zoʻr onglarimiz gʻarb davlatlariga ketmoqda, gʻarb tashkilotlarida faoliyat yuritishmoqda, shuningdek, afsus bilan qayd etish joizki, innovatsion texnologiyalar sohasida (mahsulotlarni) ishlab chiqarish oʻrniga ularning isteʼmolchisiga aylanib qolganmiz. Bu milliy xavfsizligimiz nuqtai-nazaridan bizni zaiflashtirmoqda", — degan Erdoʻgʻon.

Erdoʻgʻonning fikricha, islom dunyosi gullab-yashnashi uchun, musulmon mamlakatlari "bilimlarni ishlab chiqarishi" va "ularga eng yaxshi darajada ishlov berishi" lozim. Aynan shu maqsadda Turkiya prezidenti IHT davlatlari oʻrtasida talabalar almashinuvi oliygohlari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni taklif qildi.

Mavzu:
Mirziyoyevning Qozogʻistonga safari (7)

Asosiy mavzular