05:42 16 Avgust 2018
Efir
  • RUB115.07
  • EUR8888.62
  • USD7790.20
Analiz bakteriofagov v laboratorii

Islom olamining eng yaxshi olimlariga Ostonada maxsus mukofot topshirildi

© Sputnik / A. Solomonov
Dunyoda
Havola olish
Mirziyoyevning Qozogʻistonga safari (7)
395 0 0

Musulmon dunyosining eng zoʻr olimlari Ostonada boʻlib oʻtayotgan IHTning fan va texnologiyalar boʻyicha hamkorligi sammitiga tashrif buyurdilar

TOSHKENT, 10 sen — Sputnik. Yakshanba kuni Ostona shahrida Islom hamkorlik tashkilotining fan va texnologiyalar boʻyicha hamkorligi sammitida olimlarni mukofotlash tadbiri boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozogʻiston muxbiri.

"Men fan va texnologiyalar rivojiga oʻzining ulkan hissasini qoʻshgan islom olami olimlarini Qozogʻistonning maxsus mukofoti bilan taqdirlashni taklif qilgan edim. Ushbu tashabbusni roʻyobga chiqarish uchun bizning mamlakat IHTning Bosh kotibiyati bilan birgalikda islom dunyosining eng yaxshi olimlarini tanlab oldik va ularni sammitga taklif etdik", — deb aytgan Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev.

Taqdirlangan olimlar:

Qozogʻiston biotexnologiyalar boʻyicha Milliy markazi Bosh direktori Yerlan Ramankulov biotexnologiyalar sohasida mehnatlari uchun mukofotlangan.

Istambul texnik universiteti professori Yusuf Yakchi kimyo sohasida mehnatlari uchun taqdirlangan.

Qirol Abdulla nomidagi universitet professori Muhammad Slim Avloniy elektrotexnika sohasidagi mehnatlari uchun mukofotni qoʻlga kiritgan.

Virus immunologiyasi va tibbiy mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha amalga oshirgan mehnatlari uchun Gambiya tibbiy markazi boʻlim boshligʻi Assan Jaye mukofotlangan.

Muhammad V nomli universitet professori Rayya Cherkaoui al Mursli yadro fizikasi sohasida amalga oshirgan ishlari uchun taqdirlangan.

Mavzu:
Mirziyoyevning Qozogʻistonga safari (7)

Asosiy mavzular