Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasini rad etdi

© REUTERS / KCNAShimoliy Koreya rahbari Kim Chen In
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
KXDR Tashqi ishlar vazirligi "sanksiyalar borasida navbatdagi noqonuniy rezolyutsiyaning qabul qilinishi" Shimoliy Koreyani u tanlagan yo‘l haqiqatda to‘g‘riligiga yana bir bor ishontirdi", deya alohida ta’kidlagan

TOShKENT, 13 sen — Sputnik. Shimoliy Koreya oltinchi marotaba yadroviy sinovlarni o‘tkazgan Pxenyanga nisbatan sanksiyalarni yanada kuchaytirishni nazarda tutadigan BMT Xavfsizlik kengashining yangi rezolyutsiyasini keskin rad etadi, deb xabar qildi RIA Novosti.

KXDR TIV tomonidan e’lon qilingan rasmiy bayonotda aytilishicha, "Rezolyutsiya" AQSh tomonidan turli tuban va agressiv vositalar yordamida atay uyushtirilgan. "Shu bois, Shimoliy Koreya o‘zini himoya qilishga bo‘lgan qonuniy haq-huquqlaridan uni mahrum etishga hamda keng miqyosdagi iqtisodiy qamal yordamida davlat va fuqarolarni bo‘g‘ib qo‘yishga yo‘naltirilgan, yaramas fitna mahsuloti bo‘lgan BMT XKning "2375 rezolyutsiyasini" eng qat’iy ohanglarda qoralaydi va o‘ta keskin tarzda rad etadi".

KXDR Tashqi ishlar vazirligi "sanksiyalar borasida navbatdagi noqonuniy rezolyutsiyaning qabul qilinishi" Shimoliy Koreyani u tanlagan yo‘l haqiqatda to‘g‘riligiga yana bir bor ishontirdi", deya alohida ta’kidlagan.

Shimoliy Koreya mintaqada tinchlik va xavfsizlikni saqlab turish, mamlakat suverenitetini va davlat sifatida mavjud bo‘lish huquqini himoyalash uchun o‘z qudratini ikki hissa kuchaytirishga va bu borada AQSh bilan tenglashib olishga va’da bergan.

Amerikanskiy istrebitel - Sputnik O‘zbekiston
AQSh va Janubiy Koreya hamkorlikda harbiy o‘quv mashg‘ulotlarni o‘tkazdi

Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda BMT Xavfsizlik kengashi bir ovozdan KXDRga nisbatan yangi sanksiyalar kiritilishi uchun ovoz berdi. Cheklovlar Pxenyanning eksport va import imkoniyatlarini sezilarli darajada qisqartirishga yo‘naltirilgan.

2375 raqami bilan nomlangan rezolyutsiya XXI asrda BMT tomonidan qo‘llangan eng qat’iy tartibdagi sanksiyalar sirasiga kiritildi.

Hujjatga muvofiq, KXDRga neft va qayta ishlangan neft mahsulotlarini yetkazib berishga cheklovlar qo‘yilgan.

Severnie koreysi nablyudayut za novostnim soobsheniyem, pokazivayushim zapusk raketi sredney dalnosti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston KXDRning navbatdagi yadroviy sinovlarini qoraladi
Shimoliy Koreya shuningdek, kondensatlar va suyuq gaz kondensatlarini xarid qilish hamda to‘qimachilik mahsulotlarini sotish huquqidan mahrum etilgan. Barcha davlatlarga KXDR fuqarolariga ishlash huquqini beruvchi hujjatni berish taqiqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 3-sentabr kuni KXDR mintaqalararo ballistik raketalar uchun mo‘ljallangan vodorod o‘qini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazganini ma’lum qildi. Yaponiya va Janubiy Koreya harbiylari sinovdan o‘tkazilgan o‘q quvvatini 120-160 kilotonnga teng, deya baholashmoqda. Bu esa Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga 1945-yilda tashlangan eng qudratli atom bombalaridan bir necha barobar kuchliroq deganidir. Ushbu sinov Pxenyan tomonidan o‘tkazilgan oltinchi sinov bo‘ldi. Undan bir hafta oldin esa KXDR Yaponiya hududi ustidan ballistik raketani uchirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0