01:57 19 Yanvar 2020
Efir
  • RUB156.59
  • EUR10620.45
  • USD9550.76
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻizistonda prezident saylovi (13)
1463 0 0

Qirgʻiziston prezidenti saylovi koʻngildagidek oʻtmagan taqdirda yollangan jinoiy guruhlar yordamida, ommaviy tartibsizliklar uyushtirib, hukumatni kuch bilan egallab olmoqchi boʻlgan deputat qoʻlga olindi.

TOSHKENT, 30 sen — Sputnik. Qirgʻizistonda prezident sayloviga sanoqli kunlar qolgan bir vaqtda, kutilmagan voqea sodir boʻldi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirgʻiziston.

YouTubeda paydo boʻlgan videorolikda Qirgʻiziston Jogorku Kenesh deputati Kanat Isayev, prezident saylovi natijalari koʻngildagidek boʻlmagan taqdirda, odam jamlash, tartibsizliklar uyushtirish va hukumatni egallab olish maqsadida, jinoyatchi guruh vakiliga 1 mln som naqd pul beryotgani aks etgan. Voqea 30 sentyabr kuni sodir boʻlgan.

Qirgʻiziston Milliy xavsizlik davlat qoʻmitasi deputat Isayev ushbu ishni prezidentlikka nomzod Omurbek Babanov foydasiga amalga oshirmoqchi boʻlgan, deb xabar qildi.

"Jinoiy ish materiallariga koʻra, Qirgʻiziston prezidentligiga nomzod Omurbek Babanovning tarafdori boʻlgan deputat Isayev, hukumatni kuch bilan egallab olish maqsadida, yoshlarni, jumladan jinoyatchi guruh vakillarini jalb qilish va pulga sotib olish bilan shugʻullangan. Ularni saylovdan keyin, saylov natijalari qalbaki degan bahona asosida, noqonuniy namoyishlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan", — dedi Qirgʻiziston Milliy xavsizlik davlat qoʻmitasi matbuot kotibi Raxat Sulaymonov.

Ayni damda deputatga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan, Kanatbek Isayev va bir necha jinoiy guruh vakillari hibsga olingan.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻzistonda prezident saylovi 15  oktyabrda boʻlib oʻtadi. Ayni damda roʻyxatdan oʻtgan nomzodlar soni 20dan oshib ketgan. Ular orasida uch nafar nomzod yetakchilik qilmoqda: Omurbek Babanov — "Respublika-Atajurt" uyushmasi nomzodi, Sariyev Temur Argembayevich — "Akshumkar" partiyasi nomzodi va amaldagi hukumat partiyasi boʻlgan "Qirgʻiziston Sotsial-demokratik partiyasi" nomzodi — Jeenbekov Sooronbay Sharipovich.

Ekspertlar fikriga koʻra, ayni damda Omurbek Babanovni aholi orasida koʻpchillik qoʻllab quvvatlamoqda. Balkim shu sabadandir, oxirgi bir-ikki hafta ichida raqiblari tomonidan Babanovga nisbatan turli xil "hujumlar" soni keskin oshdi. Birovlar — u toza qirgʻiz emas (onasi boshqa millatdan) shuning uchun prezident boʻla olmaydi desa, boshqalar — u Qozogʻiston prezidenti bilan uchrashdi, demak u Qozogʻiston manfaatiga xizmat qiladi deb mish-mishlar tarqatmoqda. Yuqoridagi voqea haqiqatmi yoki prezident saylovi oldidan puxta uyushtirilgan fitna, buni vaqt koʻrsatadi.

Mavzu:
Qirgʻizistonda prezident saylovi (13)

Asosiy mavzular