06:27 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Dunyoda
Havola olish
Qirgʻizistonda prezident saylovi (13)
257 0 0

Qirgʻiziston ichida va chet ellerda joylashgan saylov uchastkalarida ayni damda 230 ming kishi ovoz berishga ulgurgan.

TOSHKENT, 15 okt – Sputnik. Bugun 15 oktyabr Qirgʻizistonda prezident saylovi kuni. Almazbek Atambayev markaziy saylov qoʻmitasiga barcha kamchiliklarni bartaraf etib, ochiq va halol saylov oʻtkazishni topshirdi.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻizistonda bu safargi prezident saylovida 11 kishi ishtirok etmoqda, lekin ayni damda ulardan 3 nafari oʻz nomzodlarini roʻyxatdan olib tashlash istagini bildirishdi. Bugun saylovchilarga beriladigan byulletenlarda Kamchыbek Tashiyev va Bakыt Torobayevlarning familiyalari chizib qoʻyilgan. Yana bir nomzod Azimbek Beknazarov prezident saylovida ishtirok etmasligini kech maʼlum qilgani tufayli, uning familiyasi byulletenda koʻrsatilgan.

Chet elda boʻlgan Qirgʻiziston fuqarolari Rossiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Malyziya, Hindiston, Pokiston, Qozogʻiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston va Tojikistonda joylashgan Qirgʻiziston djiplomatik vakolatxonalarida ovoz berishlari mumkin. U yerdagi saylov uchastkalari Bishkek vaqti bilan soat 10:00 da ochilgan.

Sputnik Qirgʻiziston xabariga koʻra, Qirgʻiziston ichida va chet ellerda joylashgan saylov uchastkalarida ayni damda 226 ming kishi ovoz berishga ulgurgan. Bu saylovchilar umumiy sonidan 7,5 %ni tashkil qiladi. Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev ham oʻz rafiqasi bilan saylov uchastkasida boʻlib ovoz berishdi.

Mavzu:
Qirgʻizistonda prezident saylovi (13)

Asosiy mavzular