Saylov natijalari bekor qilinmaydi - Atambayev

© Sputnik / Tabildi KadirbekovAlmazbek Atambayev
Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Atambayev Aytishiga qaraganda, sobiq deputalar orasida prezident sayloviga “bo‘rilarcha” nazar tashlayotganlar aniqlangan. Ularga bir chet mamlakatning maxsus xizmati xodimi qurol yetikizib berishga harakat qilgan.

TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Bugun 15-oktabr kuni Qirg‘iziston rahbari Almazbek Atambayev o‘z rafiqasi bilan Bishkekdagi 1209 sonli saylov uchastkasida ovoz berdi. Shundan so‘ng Atambayev jurnalistlar bilan muloqotda bo‘ldi, Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan.

“Prezident saylovi natijalari bekor qilinmaydi. <…> Kimda-kim saylov natijalarini tan olmasdan, ommaviy tartibsizliklar uyushtirishni istasa, bundaylarni qamaganmiz va yana qamaymiz ham” – dedi Almazbek Atambayev jurnalistlarga.   

Atambayev Aytishiga qaraganda, sobiq deputalar orasida prezident sayloviga “bo‘rilarcha”  nazar tashlayotganlar aniqlangan. Ularga bir chet mamlakatning maxsus xizmati xodimi qurol yetikizib berishga harakat qilgan.

Mujchina schitayet dengi - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda saylovoldi fitnalar boshlandi

“Saylovga “soya solmaslik” uchun biz ularga tegmay turamiz, lekin 1-dekabrga qadar hammani qamoqqa olishga vaqtim yetadi. Tartibsizlik uyushtirmoqchi bo‘lganlar uchun qamoqxonalarda joy ko‘p, axir ular qilgan ishlarning isboti va dalillari bor-ku”, — dedi Qirg‘iziston prezidenti.

Shuningdek, Atambayev ayrimlar “qo‘rqib pusishganini”, fuqarolar qo‘qrmasdan saylovga kelavershlari mumkinligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston konstitutsiyasiga ko‘ra, prezident bir marotaba olti yilga saylanishi mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0