Tramp narkotiklar tufayli AQShda favqulodda holat e’lon qilmoqchi

© Sputnik / Keytlin Ouks / Mediabankka o‘tishPrezident SShA D. Tramp
Prezident SShA D. Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Kelgusi haftada men narkotiklar tufayli favqulodda holat e’lon qilmoqchiman. Opium bilan ahvol favqulodda chatoq", - degan Amerika prezidenti Fox Business telekanaliga bergan intervyusida

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp narkotiklar, xususan opiatlarni iste’mol qilish holatlari haddan ziyod ko‘p uchrayotgani tufayli mamlakatda favqulodda holat e’lon qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

"Kelgusi haftada men narkotiklar tufayli favqulodda holat e’lon qilmoqchiman. Opium bilan ahvol favqulodda chatoq", — degan Amerika prezidenti Fox Business telekanaliga bergan intervyusida.

D.Trapm i M.Pens vstretilis s izbiratelyami v shtate Pensilvaniya - Sputnik O‘zbekiston
Tramp birinchi matbuot anjumani: nopok jurnalistlar, Putin va Meksika devori haqida
Trampning so‘zlariga ko‘ra, AQShda narkotiklar tarqalishi muammosini oldini olish uchun ham Meksika bilan chegarada devor qurish talab etiladi. Eslatib o‘tamiz, Tramp ilgariroq noqonuniy migratsiya muammosini hal etish uchun Meksika bilan chegarada devor qurimoqchi bo‘lgan edi. Avgust oyida AQSh prezidenti devor qurilishi uchun Meksikadan pul undirishini, chunki bu holat Meksikadan import qilinayotgan "narkotiklar oqimini to‘xtatishga yordam beradi" deya ta’kidlagan edi.

So‘nggi 25-yil mobaynida AQShda sun’iy opiatlarni iste’mol qilish holati uch karra ortib ketgan. Narkomaniyani o‘rganish milliy instituti ma’lumotiga ko‘ra, 2014-yil holatiga ko‘ra, AQShda sun’iy opiatlarga ruju qo‘yganlar soni 2 million nafardan ortiq bo‘lgan. Bu esa geroinga ruju qo‘yganlar sonidan besh barobar ko‘p deganidir.

Yangiliklar lentasi
0