"ID" terrorchilari Krishtianu Ronalduga tahdid qilmoqda

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishKrishtianu Ronaldu
Krishtianu Ronaldu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Islomiy davlat" terrorchilari taniqli futbolchilarga tahdid plakatlarini chop etishdi

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. "Islomiy davlat" terrorchilik uyushmasi vakillari futbol yulduzi Krishtianu Ronalduga nisbatan tahdid plakatlarini chop etdilar.

Portugaliya va "Real" jamoasi futbol o‘yinchisi Krishtianu Ronaldu ushbu plakatda kaltaklangan va tiz cho‘kkan holda tasvirlangan. Uning ortida pichoq bilan qatl etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan terrorchi turibdi.

Foto suratda "Bizning so‘zlarimiz — ularni faqat eshitmaysiz, balki ularni ko‘rasiz. Endi shunchaki kutinglar" degan so‘zlar yozilgan.

Sal ilgariroq "Islomiy davlat" jangarlari boshqa eng taniqli futbol yulduzlari Lionel Messi va Neymarga tahdid rasmlarini chop etishgandi. Targ‘ibot varaqalarida Messi boshdan otilgan, Neymar esa terrorchilardan avf etishni so‘rayotganligi tasvirga tushirilgan. Ushbu plakatda "Bizning musulmon davlatlarda xavfsizlik bo‘lmaguncha, sizlar ham tinch bo‘lmaysizlar" degan yozuvlar yozilgan.

Yangiliklar lentasi
0