Suriyada qutqarilgan ayollar va bolalar Chechenistongan olib kelindi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishVstrecha spasennix v Sirii rossiyskix detey v aeroportu Groznogo
Vstrecha spasennix v Sirii rossiyskix detey v aeroportu Groznogo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Suriyadan qutqarilgan 40 nafar ayollar va bolalar Grozniy shahriga olib kelindi. Ular orasida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bor.

TOShKENT, 14 noya — Sputnik. Maxsus tashkil qilingan aviaqatnov yordamida Suriyadan Grozniy shahriga 41 nafar MDH fuqarolari olib kelindi. Ular orasida 12 nafar ayollar va 29 nafar bolalar bor, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Olib kelinganlarning besh nafari Qozog‘iston fuqarosi, ikki nafari – O‘zbekiston, qolganlari Rossiyaning Checheniston, Dog‘iston va Boshqirdiston o‘lkalaridan.

Ministr oboroni RF general armii Sergey Shoygu - Sputnik O‘zbekiston
Suriyada harbiy operatsiya yakuniga yetmoqda - Shoygu

Tibbiyot xodimlari talabiga ko‘ra, olib kelingan fuqarolar dastlab jiddiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va shundan so‘ng qarindoshlari bilan uchrashishga ruxsat berildi. Bunday qilishga sabab oldingi guruhda olib kelinganlar orasida bir necha kishi sil kasaliga chalinganligi aniqlangan.

Bu Suriyadan Chechenistonga olib kelingan ikkinchi guruh bo‘ldi. 21-oktabr kuni Suriyaning Xmeymim aerodromdan Grozniy shahriga 22 kishi: 7 nafar ayol va 14 bola olib kelingan edi.

Checheniston hukumati portalida xabar berilishiga ko‘ra, ushbu yilning avgust oyidan boshlab Suriyadan va Yaqin Sharqning boshqa qaynoq nuqtalaridan 90 nafar ayollar va bolalar olib kelingan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Havo-kosmik kuchlari yordamida olib borilgan harbiy operatsiya natijasida Suriyaning barcha hududlarida tinchlik o‘rnatildi. Islomiy davlatning eng so‘nggi himoya punkti bo‘lgan Abu-Kemal shahri ham 8-noyabr kuni terrorchilardan ozod qilindi. Ozod qilingan shaharlarda minglab aholi tinch hayotga qaytmoqda. Undan tashqari yuzlab Yevropa, MDH va boshqa davlatdan kelgan ayollar va bolalar topilmoqda va ular imkon qadar o‘z vatanlariga qaytarilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0