Qozog‘iston - Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyat yaxshilanmoqda

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishFuri na tamojennom postu
Furi na tamojennom postu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oldin bir soatda chegarani 8 ta yuk avtomobili kesib o‘tgan bo‘lsa, hozir ularning soni 15-20 taga yetgan.

TOShKENT, 3 dek — Sputnik.  Qozog‘iston va Qirg‘iziston orasida joylashgan "Ak-Tilek" chegara nazorat punktida yuk avtomobillari o‘tkazish tezlashdi, deb xabar qildi Qirg‘iziston Chegara xizmati matbuot kotibi Salkin Abdikariyeva, Sputnik muxbiriga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, chegaradan o‘tish surati 2-dekabrdan boshlab tezlashgan. Tongga qadar chegarani 225ta yuk avtomashinasi kesib o‘tgan. Oldin Qozog‘iston chegarasini bir soatda 7g‘8ta avtomobil kesib o‘tgan bo‘lsa, hozir 15-20ta.

Qirg‘iziston va Qozog‘iston chegarasidagi vaziyat - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston va Qozog‘iston chegarasidagi vaziyat

"Muammolar boshlanmasdan oldin chegarani bir soatda 30ta yuk avtomobili kesib o‘tar edi. Hizir 20 ta. Talasdagi "Chon-Kapka" nazorat punktidan 70 ta avtomobil o‘tmoqda", — dedi Abdikariyeva.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston va Qirg‘iziston chegarasida muammolar 10-oktabrda boshlangan edi. O‘sha kundan boshlab Qozog‘iston tomon chegarada avtotransport vositalarini tekshiruv o‘tkazishni kuchaytirgan edi. Natijada chegara nazorat punktlarida ulkan navbatlar paydo bo‘ldi. Qozog‘istonda ushbu hodisaga "yashirincha importga qarshi kurash" deb baho berishgan edi.

Yaqinda ikki mamlakat bosh vazirlari o‘rinbosarlari Tolkunbek Abdigulov va Askar Mamin orasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda muammoni hal qilish "yo‘l xaritasi" haqida kelishib olindi.  

Yangiliklar lentasi
0