01:44 22 Aprel 2018
Efir
Goroda mira. Iyerusalim

Qozogʻiston TIV Quddus shahri maqomi boʻyicha bayonot berdi

© Sputnik / Radik Amirov
Dunyoda
Havola olish
Musulmonlar Quddus Isroil poytaxti boʻlishiga qarshi (6)
90822

Qozogʻiston BMT Xavfsizlik kengashining nomuntazam aʼzosi sifatida Yaqin Sharqda tinchlik oʻrnatilishining sharti boʻlgan mintaqada barqarorlikni tiklash jarayonini toʻliq qoʻllab-quvvatlashda davom etishini maʼlum qilgan

TOSHKENT, 7 dek – Sputnik. Qozogʻiston Quddus shahri maqomi bilan bogʻliq vaziyat atrofida keskinlik oʻsishi munosabati bilan tashvishdaligini bildiradi va barcha ishtirokchi tomonlarni bosiqlikka chaqiradi. Bu haqda Qozogʻiston TIV bayonotida aytildi.

Starыy gorod v Iyerusalime
© Sputnik / Vitaliy Belousov

“Quddusning mavjud maqomi saqlanib qolinishi tarafdori boʻlgan Qozogʻiston Falastin-Isroil munosabatlari Bosh assambleya va BMT Xavfsizlik kengashining 181 (1947), 242(1967), 338 (1973), 2334 (2016) rezolyutsiyalari va 2002 yilgi Arab tinchlik  tashabbusiga mos keluvchi xalqaro huquq asosida hal qilinishi lozimligi borasida sobit ekanligini tasdiqlaydi”, deyiladi bayonotda.

Bayonotda Falastin-Isroil nizosi 1967 yilda poytaxti Sharqiy Quddusda boʻlgan Falastin davlatining tashkil etilishini koʻzda tutgan “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida hal etilishi darkorligi aytiladi.

Qozogʻiston BMT Xavfsizlik kengashining nomuntazam aʼzosi sifatida Yaqin Sharqda tinchlik oʻrnatilishining sharti boʻlgan mintaqada barqarorlikni tiklash jarayonini toʻliq qoʻllab-quvvatlashda davom etishini maʼlum qilgan.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq AQSH prezidenti Donald Tramp Quddusni Isroil poytaxti deb tan olinishini eʼlon qilgandi.

Mavzu:
Musulmonlar Quddus Isroil poytaxti boʻlishiga qarshi (6)

Asosiy mavzular