01:45 22 Aprel 2018
Efir
Protestuyuщiye krichat lozungi i sjigayut izrailskiy flag vo vremya antiizrailskogo protesta v Kaire, Yegipet, 10 dekabrya 2017 goda

Turk OAVlari: IHT davlatlari Isroilga qarshi sanktsiya qabul qilishi mumkin

REUTERS / Mohamed Abd El Ghany
Dunyoda
Havola olish
Musulmonlar Quddus Isroil poytaxti boʻlishiga qarshi (6)
322 0 0

Istanbulda oʻtkazilayotgan Islom hamkorlik tashkilotining favqulodda sammitida Quddus boʻyicha maxsus komissiya tashkil etilishi mumkin

TOSHKENT, 13 dek — Sputnik. Islom hamkorlik tashkilotining favqulodda sammitida Quddusning Isroil poytaxti deb eʼlon qilinishiga qarshi choralar koʻrish masalasi koʻrib chiqiladi, deb xabar qildi Sputnik Ozarbayjon Turkiya OAVlarida tarqatilgan xabarlarga tayangan holda.

Bugun, 13 dekabr kuni Istanbul shahrida IHTning favqulodda sammiti oʻtkazilmoqda.

Yigʻilishda AQSH Quddusni Isroil poytaxti deb tan olganligi, shuningdek oʻz elchixonasini Tel-Avivdan ushbu shaharga koʻchirib oʻtkazganligi masalasi muhokama qilinadi.

Ozarbayjon prezidenti Ilxom Aliyev ham ushbu sammitda ishtirok etmoqda.

Turk OAVlarida yozilishicha, sammitda Quddus masalasi boʻyicha maxsus komissiya tuzilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, IHTga aʼzo mamlakatlar, bordiyu, Quddusni Isroil poytaxti deb tan oladiganlar soni koʻpaygudek boʻlsa, davlalar bilan munosabatlarni qayta koʻrib chiqishlari mumkinligi aytilmoqda.

Quddusning Isroil poytaxti deb tan olinishiga qarshi IHT qabul qiladigan choralar sifatida AQShdan elchilarni chaqirib olish, shuningdek, Isroil davlatiga qarshi sanktsiyalar qabul qilinishi mumkinligi sanab oʻtilgan.

Eslatib oʻtamiz, AQSH prezidenti Donald Tramp ilgariroq Quddusni Isroil poytaxti deb rasman tan olgani haqida eʼlon qilgan edi. Shundan soʻng Tramp Isroildagi AQSH elchixonasini Tel-Aviv shahridan Quddusga koʻchirishni buyurdi. Amerika yetakchisining ushbu qarori koʻplab davlatlarning, birinchi navbatda, Yaqin Sharq va Falastinning keskin noroziligini keltirib chiqardi.

Butun musulmon dunyosida, shu jumladan Isroilning oʻzida ham norozilik namoyishlari boshlandi va buning oqibatida yuzlab odamlar jabrlandi.

Mavzu:
Musulmonlar Quddus Isroil poytaxti boʻlishiga qarshi (6)

Asosiy mavzular