01:46 22 Aprel 2018
Efir
Gorod Iyerusalim

IHT davlatlari Sharqiy Quddusni Falastin poytaxti deb eʼlon qildi

© Sputnik / Igor Mixalev
Dunyoda
Havola olish
Musulmonlar Quddus Isroil poytaxti boʻlishiga qarshi (6)
102620

Islom hamkorlik tashkilotining favqulodda sammiti Turkiya prezidenti Rajab Erdoʻgʻon tashabbusi bilan oʻtkazildi

TOSHKENT, 13 dek – Sputnik. Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan Islom hamkorlik tashkilotining navbatdan tashqari sammitida Sharqiy Quddus Falastin davlatining poytaxti deb eʼlon qilindi. Bu haqda Sputnik Turkiya xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, sammitda yakuniy deklaratsiya qabul qilingan.

“Sharqiy Quddusni Falastin davlatining poytaxti deb tan olamiz va barcha davlatlarni Falastin davlatini hamda Sharqiy Quddusni uning bosib olingan poytaxti sifatida tan olishga chaqiramiz”, — deyiladi deklaratsiyada.

Eslatib oʻtamiz, Islom hamkorlik tashkilotining favqulodda sammiti Turkiya prezidenti Rajab Erdoʻgʻon tashabbusi bilan oʻtkazildi.

Turkiyada boʻlib oʻtgan IHT sammitida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev ishtirok etdi.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Quddusni Isroil davlati poytaxti deb rasman tan olib, AQSH elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga koʻchirish boʻyicha buyruq bergan edi.
Mavzu:
Musulmonlar Quddus Isroil poytaxti boʻlishiga qarshi (6)

Asosiy mavzular