Putin Shimoliy Koreya va AQSh "aytishuvi" haqida: bu spiralni to‘xtatish kerak

© AP Photo / Wong Maye-EBallisticheskie raketi na parade v Pxenyane. Severnaya Koreya
Ballisticheskie raketi na parade v Pxenyane. Severnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXDRni yadroviy derjava sifatida qabul qilmasligini aytdi

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Hozirgi vaziyatni barqarorlashtirish uchun, Shimoliy Koreya atrofidagi bosimni kuchaytirishni bas qilish kerak, deb ta’kidladi Vladimir Putin matbuot-anjumani davomida.

Ballisticheskie raketi na parade v Pxenyane. Severnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya yarimorolda urush albatta bo‘lishini ma’lum qildi
Putin KXDRga qarshi yadro qurolini ishlatishga hojat yo‘qligini aytib o‘tdi.

"Biz, ikkala tomon ham vaziyatni o‘t oldirishni to‘xtatishlari kerak, degan fikrdamiz. Amerikalik hamkasblarimizdan: "Biz mashg‘ulotlarni to‘xtatamiz", degan va’dalarni eshitdik. Yo‘q, to‘xtatishmadi, yana o‘tkazishdi, Shimoliy Koreya yana raketa uchirdi. Bu spiralni to‘xtatish kerak, chunki bu juda xavfli", — dedi Putin.

Putin fojeaviy oqibatlar uchun bitta "pusk"ni o‘zi yetarli ekanligini, bunga esa hozir hech qanday hojat yo‘qligini ta’kidlab o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0