AQSh Ramzan Qodirovni "qora ro‘yxat"ga kiritdi

© Sputnik / Aleksey NikolskiyRamzan Kadirov
Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ramzan Qodirov AQSh hukumatining ushbu qaroriga izoh berar ekan, "men butun umrimni terrorga qarshi kurashga bag‘ishladim, Amerika shuni kechirolmadi", - dedi

TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov kuni kecha AQShning "Magnitskiy ro‘yxati" deb ataluvchi sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.

Suriyadan qaytarilgan ayollar va bolalarni Grozniy aeroportida kutib olinishi - Sputnik O‘zbekiston
Suriyadan qutqarilgan ayol va bolalarni kutib olish lahzalari: ular orasida o‘zbeklar ham bor
Qayd etilishicha, Checheniston rahbariga nisbatan sanksiyalar respublikada inson huquqlarining buzilayotgani sababli joriy etilgan.

Qodirov ushbu holatga kinoya bilan izoh berdi. U Vashington qarorini Amerikadan "mukofot" deb atadi va agar AQSh o‘zining butun boyliklari zaxirasini berganida ham, u davlatga hech qachon bormasligini ma’lum qildi.

"Amerikaga borib, u yerda biznes bilan shug‘ullanib, Manxettenda hisob raqamlarimni ochish haqidagi rejalarimni qirq yildan buyon pishitib kelardim. Endi esa Las-Vegasdagi kazinolarni ham, Bank of Americada saqlanayotgan milliardlarni ham ko‘ra olmayman", deb yozgan Qodirov o‘zining Instagram dagi sahifasida.

Qodirov inson huquqlari Chechenistonda emas, balki AQShda buzilayotganini qayd etdi.

U o‘z hayotini terrorizmga qarshi kurashga bag‘ishlagani uchun amerikaliklar uni kechira olmasligini qo‘shimcha qildi.

AQSh prezidenti Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
AQSh prezidenti "Magnitskiy qonuni"ni butun dunyoga joriy qildi
Amerika moliya vazirligi saytida e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, Qodirovdan tashqari "Magnitskiy ro‘yxati"ga Rossiyaning yana to‘rt fuqarosi — Ayub Katayev, Yuliya Mayorova, Andrey Pavlov v Aleksey Sheshenya kiritilgan.

Cheklovlar AQSh hududiga kirishga ta’qiq qo‘yib, mamlakat hududidagi aktivlarning "muzlatilishini" nazarda tutadi.

Hujjatda qayd etilishicha, Qodirov, Vashington versiyasiga ko‘ra, "sudsiz va tergovsiz" yo‘q qilingan qotilliklarga daxldor bo‘lgan ma’muriyatni boshqaradi. Bundan tashqari, Amerika moliya muassasasi Checheniston rahbarini "o‘z siyosiy raqiblarga qarshi aksiyalar" o‘tkazishda gumon qilgan.

Yangiliklar lentasi
0