07:18 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Dunyoda
Havola olish
AQSH oʻz elchixonasini Quddusga koʻchirgani tufayli yuzaga kelgan noroziliklar (24)
57220

Ushbu hujjat uchun 128 davlat ovoz bergan, 9 davlat qarshi ovoz bergan va yana 35 davlat betaraflikni saqlab qolgan

TOSHKENT, 22 dek — Sputnik. BMT Bosh Assambleyasi AQShning Quddusga Isroil poytaxti maqomi berilishi haqidagi qarorini tan olmaslik toʻgʻrisida rezolyutsiyani qabul qildi, deb xabar berdi RIA Novosti muxbiri.

Prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan
© AP Photo / Yasin Bulbul, Presidential Press Service, Pool
Ushbu hujjat uchun 128 davlat ovoz bergan, 9 davlat qarshi ovoz bergan va yana 35 davlat betaraflikni saqlab qolgan.

Rezolyutsiyani qoʻllab-quvvatlamagan davlatlar bu: AQSH, Isroil, Gonduras, Gvatemala, Mikroneziya, Marshal orollari, Nauru, Palau va Togo.

Ilgariroq Donald Tramp rezolyutsiyani qoʻllab-quvvatlaydigan davlatlarga AQSH moliyaviy koʻmak berishni toʻxtatishi haqida bayonot bergan edi. Amerikaning BMTdagi doimiy vakili Nikki Xeyli ushbu hujjat Vashingtonning elchixonani Quddusga koʻchirish toʻgʻrisidagi qaroriga hech qanday taʼsir koʻrsatmasligi haqida maʼlum qilgan edi.

Qabul qilingan hujjatga koʻra, "Quddus maqomini oʻzgarishini nazarda tutuvchi har qanday qaror va harakatlar yuridik kuchga ega emas va bekor qilinadi".

Rezolyutsiya shuningdek, barcha mamlakatlardan BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasiga zid keladigan hech qanday choralarni tan olmaslikni talab etadi.

Mavzu:
AQSH oʻz elchixonasini Quddusga koʻchirgani tufayli yuzaga kelgan noroziliklar (24)

Asosiy mavzular