Faollar Navalniyni prezidentlikka nomzod etib ko‘rsatishdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishAleksey Navalniy
Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya MSK rahbari Ella Pamfilova "Kirovles"dagi o‘g‘irlik ishi bo‘yicha shartli sudlangan Navalniy 2018-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok eta olmasligini aytgandi

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Moskvada saylovchilar tashabbus guruhi biznesmen Aleksey Navalniyni Rossiya prezidentligiga nomzod etib ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatladi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Ilgariroq Rossiya MSK rahbari Ella Pamfilova "Kirovles"dagi o‘g‘irlik ishi bo‘yicha shartli sudlangan Navalniy 2018-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok eta olmasligini, u 2028 yildan keyin saylovlarda nomzodini qo‘yishi mumkinligini aytgandi.

Rossiya saylov qonunchiligiga ko‘ra, og‘ir jinoyat qilgani uchun sudlanganlar sudlanganligi olib tashlanganidan yoki sudlanganidan 10-yil o‘tganidan keyingina davlat rahbari bo‘lishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0