20:20 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Dunyoda
Havola olish
91001

AQShni shuningdek, sharqiy-yevropa davlatlaridagi transport infratuzilmasi - portlar, temir va avtomobil yoʻllari, aeroportlar, koʻpriklar haqidagi maʼlumotlar qiziqtirmoqda

TOSHKENT, 22 yanv — Sputnik. AQSH mudofaa logistika agentligi beshta Yevropa davlati — Belarus, Ukraina, Moldaviya, Finlyandiya va Polshalarning urush sharoitiga tayyorgarligini bilish maqsadida, ularning infratuzilmasini oʻrganadi, deb xabar qildi RIA Novosti agentligi.

Pentagonga bu tadqiqot ushbu mamlakatlarda turli tovarlarni yetkazib berish zanjiri va logistik tarmoqlari haqida tushunchaga ega boʻlish uchun zarur. Taʼkidlanishicha, Petagon shunga qarab oʻz sanoatini urush davrida va favqulodda vaziyatlar sharoitida ishlashga tayyorlamoqchi.

Yakuniy hisobotlardan: mahalliy va regional suv va oziq-ovqat manbalari, yoqilgʻi, medikamentlar, sanoat uskunalari va kiyim-kechalarga haqida maʼlumotlar kiritilishi lozim.

Pentagonni shuningdek, qurilish materiallari va texnikalar haqida ham maʼlumotlar qiziqtirmoqda. Yuqorida sanab oʻtilganlardan tashqari, bayonotlarda mahalliy ishlab-chiqarish quvvatlari va mobillashtirish imkoniyatlari haqida ham aytib oʻtilishi zarur.

AQShni shuningdek, sharqiy-yevropa davlatlaridagi transport infratuzilmasi — portlar, temir va avtomobil yoʻllari, aeroportlar, koʻpriklar haqidagi maʼlumotlar qiziqtirmoqda.

Teglar:
urush, Pentagon, AQSH

Asosiy mavzular