Janubiy Koreya yetakchisi Shimoliy Koreya rasmiy rahbari bilan uchrashadi

© REUTERS / YONHAPMun Chje In
Mun Chje In - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida o‘tkaziladigan Olimpiadaga mamlakat delegatsiyasi parlament raisi, mamlakatning rasmiy rahbari Kim Yon Nam rahbarligi ostida borishini rasman tasdiqlagan edi

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Janubiy Koreya yetakchisi Mun Chje In KXDR rasmiy rahbari Kim Yon Nam bilan uchrashadi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Ministr yujnokoreyskoy assotsiatsii Cho Myung Gion i glava severokoreyskoy delegatsii Ri Son Gvon  vo vremya vstrechi v Panmundjome. 9-yanvarya 2018 - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi muzokalar: nimalarga kelishildi?
"Janubiy Koreya rahbari Mun Chje In Pxenchxanda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada ochilish marosimiga tashrif buyuradigan KXDR rasmiy rahbari Kim Yon Nam bilan tor doirada suhbat qurishi muhokama qilinmoqda", — deb xabar qilgan janubiy koreya Korea Times nashri prezident ma’muriyatiga tayangan holda.

Janubiy Koreya ma’muriyati vakili Kim Iy Gom shimoliy koreya delegatsiyasining kutilayotgan tashrifini Pxenyanning janubiy qo‘shni bilan munosabatlarni yaxshilashga doir irodasi namoyishi sifatida baholadi.

Shu bilan birga ma’muriyat vakillari KXDR bilan yuqori aloqadagi muzokalarga tayyorligini qayd etib o‘tishgan.

Seremoniya otkritiya novogo jilogo kompleksa na ulitse Romon v Pxenyane - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi Amerika ustidan arz qildi
Ilgariroq Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida o‘tkaziladigan Olimpiadaga mamlakat delegatsiyasi parlament raisi, mamlakatning rasmiy rahbari Kim Yon Nam rahbarligi ostida borishini rasman tasdiqlagan edi. Konstitutsiya bo‘yicha KIM Yon Nam KXDR rahbari lavozimini egallaydi, mamlakat yetakchisi Kim Chen In esa Shimoliy Koreyaning oliy rahbari hisoblanadi.

Pxenchxandagi Olimpiada o‘yinlari 9-25 fevral sanalarida bo‘lib o‘tadi. Unda Shimoliy Koreyadan sportchilar ishtirok etadi.

Yangiliklar lentasi
0