12:36 20 Fevral 2018
Efir
Flag Venesuelы

Venesuela qarzlari tufayli vaqtincha BMTdagi ovozidan mahrum qilindi

REUTERS / Ivan Alvarado
Dunyoda
Havola olish
85 0 0

Joriy yil yanvar oyi oxiri holatiga koʻra, qarzdolar roʻyxatiga Venesueladan tashqari, yana yettita mamlakat kiritilgan

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Venesuela toʻplanib qolgan qarzlari tufayli dushanba kuni vaqtinchalik BMT Bosh Assambleyasi doirasida ovoz berish huquqidan mahrum boʻldi. Bu haqda RIA Novosti NTN24 kanaliga tayangan holda xabar bermoqda.

BMT normalariga koʻra, mamlakat ovoz berish huquqi u tashkilot byudjetiga tegishli badalni kiritmagan taqdirda vaqtincha toʻxtatiladi.

Joriy yil yanvar oyi oxiri holatiga koʻra, qarzdolar roʻyxatiga Venesueladan tashqari, yana yettita mamlakat kiritilgan — bular JAR, Dominika, Ekvatorial Gvineya, Grenada, Liviya, Surinam va Yemen davlatlaridir.

Venesuela bu roʻyxatga ilk bor kiritilayotgani yoʻq, 2017 yilda u ovoz berish huquqidan mahrum etilgan, ammo shundan soʻng toʻlovni amalga oshirgan va ushbu chora bekor qilingan edi.

Asosiy mavzular