Stokgolmda O‘zbekiston fuqarosi Rahmat Akilov ustidan sud jarayoni boshlandi

© AFP 2023 / JANERIK HENRIKSSON / TT NEWS AGENCYPolitsiya Shvetsii
Politsiya Shvetsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Akilov terrorchilik jinoyati va terrorchilik jinoyatini sodir etishga urinishda, uchinchi shaxslar xavfsizligiga tahdid yaratganlikda ayblanmoqda

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Shvetsiya poytaxtida 2017-yil 7-aprel kuni Stokgolmda amalga oshirilgan terakt ustidan sud eshituvi boshlandi. Unda ayblanuvchi tomon sifatida O‘zbekiston fuqarosi Raxmat Akilov ishtirok etmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti.

Schwedische Polizisten - Sputnik O‘zbekiston
Shvetsiyada terrorchilik qilgan Akilov ustidan sud 13-fevralda boshlanadi
Ushbu haftada sud eshituvchi payshanba kungacha davom etadi, ushbu vaqt davomida prokuraturaning ish bilan umumiy tanishuvi jarayoni bo‘lib o‘tadi. Ayblanuvchining ko‘rsatmalarini sud kelgusi haftada tinglaydi, deb yozadi nashr.

Eshituvning so‘nggi kuni 9-may sanasiga belgilangan, sud qarori esa iyun oyining ikkinchi yarmida chiqishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning aprelida yuk mashinasi Stokgolmning markaziy va piyodalar uchun ajratilgan ko‘chalarining birida odamlarni bosib ketgandi. 550 metr masofani bosib o‘tgan mashina Åhlens savdo markazi binosiga kelib urilgan. Besh kishi halok bo‘lgan, 15 kishi esa turli darajadagi jarohatlarni olishgan. Hukumat ushbu hodisani terakt sifatida tan olgan edi. Ushbu hodisada 39 yashar Rahmat Akilov bosh aybdorsifatida tan olingan, u hodisa yuz bergan kunda qo‘lga olingan va shu paytga qadar qamoqda saqlanib kelinmoqda.

Akilov terrorchilik jinoyati va terrorchilik jinoyatini sodir etishga urinishda, uchinchi shaxslar xavfsizligiga tahdid yaratganlikda ayblanmoqda.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Akilov ushbu jinoyatga 2017-yilning yanvaridan tayyorgarlik ko‘rib kelgan. Olib qochilgan yuk mashinasida Akilov ishga tushirmoqchi bo‘lgan portlovchi qurilma bo‘lgan, ammo u faqat qisman ish bergan xolos. Muassasaning ta’kidiga ko‘ra, Akilov o‘z jinoyatini rejalashtirar ekan, uni "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi nomidan sodir etishni chamalagan, o‘z harakatlari bilan aholi orasida qo‘rquv urug‘ini sochmoqchi bo‘lgan va bu bilan Shvetsiya hukumatining xalqaro koalitsiya doirasida Iroqdagi "ID"ga qarshi kurashda ishtirok etishini to‘xtatmoqchi bo‘lgan.

"Islom davlati" Stokgolmdagi terakt uchun javobgarlikni shz zimmasiga olmagan, shu bois Akilov xujum arafasida kimlar bilan xalqaro doirada aloqa qilganligi to‘g‘risidagi savol javobsiz qolmoqda.

Akilov haqida bor ma’lumotlar shundan iboratki, u 2014 yilda Shvetsiyadan boshpana so‘ragan, lekin unga rad javob berilgan.

ID bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent Stokgolmdagi teraktda gumonlangan Raxmat Akilov "ID" a’zosi bo‘lganini tasdiqladi
Sudga taqdim etilgan materiallarda 150 nafar jabrdiydalarning ism-shariflari sanab o‘tilgan. Eng birinchi o‘tkazilgan so‘roqlarning birida Akilov yuk mashinasining ruli qarshisida o‘zi shaxsan o‘tirganini tan olgan. Ayblovchi tomon umrbod qamoq jazosi berilishi, va keyinchalik mamlakatdan chiqarib yuborib, Shvetsiyaga kirishga umrbod ta’qiq qo‘yilishini so‘ramoqda.

Akilovning advokati Yoxan Erikssonning so‘zlariga ko‘ra, uning himoyasidagi shaxs terrorchilik jinoyatini sodir etganligini tan olgan va jarayon davomida tergov qo‘mitasi bilan hamkorlik qilgan. Akilov o‘z harakatlariga izoh berar ekan, bu bilan Shvetsiya "Islom davlati" terrorchilik uyushmasiga qarshi koalitsiyada ishtirok etishini to‘xtatishga erishmoqchi bo‘lganligini aytgan.

Akilovga ayblov e’lon qilingan vaqtdan buyog‘iga to sud jarayoniga qadar, advokat o‘z himoyasidagi shaxsning motivlari haqida birorta ma’lumotni oshkor qilmagan, bu borada berilgan savollarga hamma gapni sud vaqtida ayblanuvchining o‘z og‘zidan eshitgan ma’qulligini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0