14:56 26 May 2018
Efir
  • EUR9396.79
  • RUB128.37
  • USD7997.95
Lider fraktsii Radikalnoy partii Oleg Lyashko

"Saakashviling bilan xit qivording": Lyashkoning jonli efirdagi janjali

© Sputnik / Stringer
Dunyoda
Havola olish
992 0 0

Jurnalist Gruziyaning sobiq prezidenti haqidagi savolini eslatgach, siyosatchi oʻzini tutib tura olmagan va suhbatdoshiga oʻshqirib bergan

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Ukraina Oliy radasi deputati Oleg Lyashko Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili toʻgʻrisidagi savol tufayli "112" telekanalining jonli efirida janjal koʻtardi.

Boshlovchilardan biri parlament vakilidan bir kun avval sodir boʻlgan hodisa: Saakashvilining Ukrainadan Polshaga chiqarib yuborilishiga izoh berishni soʻragan. Ammo Lyashko bu mavzuda gapirishdan bosh tortgan va suhbatni Rossiya-Ukraina munosabatlari tomon burishga harakat qilgan.

Jurnalist Gruziyaning sobiq prezidenti haqidagi savolini eslatgach, siyosatchi oʻzini tutib tura olmagan va suhbatdoshiga oʻshqirib bergan.

"Vladimir, sen oʻzingning Saakashviling bilan meni xit qivording", — deb taʼkidlagan Lyashko ovozini balandlatib.

Shundan soʻng boshlovchilar siyosatchini tinchlantirishga va oʻzaro hurmatga chaqirishga harakat qilishgan.

"Biz siz bizni xit qivordingiz, demaymiz-ku!" — degan javoban jurnalist qiz.

Bir-birining gapini boʻlib, suhbatdoshlar va nihoyat aytishuvga nuqta qoʻyishgan, ammo shunday boʻlsada, jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savolga Lyashkodan javob ololmaganlar.

Eslatib oʻtamiz, Ukraina hukumati dushanba kuni Saakashvilini Polshaga chiqarib yuborishgan. Gruziyaning sobiq prezidenti oʻtgan yil kuz mavsumida aynan shu davlatdan Ukraina hududiga noqonuniy ravishda kirib kelganligi aytilmoqda. Polsha chegara xizmati Saakashvilining Varshavaga kelganligini rasman tasdiqlagan.

Asosiy mavzular