Sergey Lavrov Toshkent anjumaniga tashrif buyuradi

Obuna bo‘lish
Mart oyining oxirida Toshkentda o‘nlab mamlakatlar tashqi ishlar vazirlari, BMT va YeI vakillari ishtirokida, Afg‘onistonga bag‘ishlangan yuqori darajali xalqaro anjuman bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentda Afg‘onistonga bag‘ishlangan anjumanda ishirok etadi, deb xabar qildi RIA Novosti TIV Ikkinchi departamenti rahbari Zamir Qobulovga asosan.

Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan Toshkent anjumani 26-27 mart kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Toshkent anjumanidan ishtirok etish uchun BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh va tashkilotning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tadamiti Yamamoto, YeIning xorijiy ishlar, siyosat va xavfsizlik bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini, shuningdek Xitoy, Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Eron, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Saudiya Arabistoni va BAA tashqi ishlar vazirlari taklif qilingan.

Anjumanda shuningdek, O‘zbekiston va Afg‘oniston prezidentlari nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0