06:20 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Tereza Mey.

Skripal ishi: Tereza Mey Rossiyaga ultimatum eʼlon qildi

© REUTERS / DYLAN MARTINEZ
Dunyoda
Havola olish
Skripal ishi (27)
204731

Rossiya va AQSH 2010 yilda oʻzaro razvedkachilar bilan almashishganidan soʻng rossiyalik sobiq razvedkachi Sergey Skripalga Britaniyadan boshpana berilgan edi. Beshinchi mart kuni Skripal va uning qizi nomaʼlum modda bilan zaharlangani haqida xabar tarqaldi. Buyuk Britaniya bu ishda "Rossiya qoʻli" borligini taʼkidlab kelmoqda

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey Rossiyani sobiq razvedka bosh boshqarmasi polkovnigi Sergey Skripalni zaharlashda ayblab, unga ultimatum eʼlon qildi.

"Sobiq rossiyalik razvedkachi va Razvedka bosh boshqarmasi polkovnigi Sergey Skripal zaharlanishi ortida Rossiya turganligi ehtimolga ancha yaqin" — Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey Milliy xavfsizlik kengashi majlisida xuddi shunday bayonot qildi.

Majlisda razvedkachining zaharlanishi bilan bogʻliq oʻtkazilayotgan surishtiruv ishlarining soʻnggi maʼlumotlari eʼlon qilingan.

Mey shuningdek, Skripal Rossiyada ishlab chiqarilgan "Novichok" oilasiga mansub asab tizimini ishdan chiqaruvchi modda bilan zaharlanganini qoʻshimcha qilgan. Eslatib oʻtamiz, 2010 yilda Rossiya va AQSH oʻzaro razvedkachilar bilan almashishganidan soʻng, rossiyalik sobiq razvedkachi Sergey Skripalga Britaniyadan boshpana berilgan edi.

Joriy yil 5 mart kuni Skripal va uning qizi Solsberida behush holatda topilgan. Britaniya parlamenti maʼlumotlariga koʻra, ularni rossiyada ishlab chiqarilgan nerv tolalarini falaj holatga keltiruvchi modda bilan zaharlashgan. 

Britaniya Bosh vaziri Rossiyaga seshanba kuni kechgacha vaqt bergan. Bu vaqt ichida Rossiya tomon bu hodisa borasida toʻliq tushuntirish berishi kerak, aks holda Mey Rossiyaga qarshi avvalgidan koʻra "ancha jiddiy choralar"ni qoʻllashni vaʼda qilgan.

Chorshanba kuni Britaniya "Skripal ishi" boʻyicha Milliy xavfsizlik kengashini oʻtkazmoqchi. Shundan soʻng Mey parlamentda Rossiyaga qarshi qoʻllanilishi rejalashtirilayotgan choralar haqida maʼlum qiladi.

Ayni vaqtda AQSH Davlat kotibi Reks Tillerson ham Rossiyani sobiq razvedka bosh boshqarmasi polkovniki Sergey Skripal hayotiga tajovuz qilganlikda ayblamoqda.

Skripalniy zaharlanishi "aniq Rossiyadan kelmoqda", — deb bayonot qilgan Tillerson.

Shu bilan birga Bosh kotib tegishli dalillarni taqdim etmagan.

"Suveren davlat hududida oʻz fuqarosiga tajovuz qilish, uning hayotiga suʼiqasd qilishga urinish holatini hech qachon oqlab boʻlmaydi, Rossiya, koʻrinib turibdiki, yana shu kabi harakatlarini koʻz-koʻz qilayotganidan biz dargʻazabmiz. Ukrainadan tortib, Suriyagacha, endilikda esa Buyuk Britaniyagacha Rossiya oʻzining masʼuliyatsiz kuchligini namoyon qilmoqda, u jahonga notinchlik olib kelmoqda, oʻzga mamlakatlar suverenitetiga va oʻz fuqarolari hayotiga ochiqchasiga bepisandlik bilan harakatda boʻlmoqda", — deb bayonot qilgan Tillerson.

Tillerson shuningdek, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Meyning Rossiyaning aloqasi borligi toʻgʻrisidagi bayonoti AQSH bilan muvofiqlashtirib olingani haqida bildirib oʻtdi.

"Qoʻshma Shtatlar bugungi bayonotdan avval Birlashgan Qirollikdagi ittifoqdoshlarimiz bilan aloqada boʻlishgan edi. Shu jumladan, Bosh kotib va (Buyuk Britaniya) Tashqi ishlar vaziri (Boris) Jonson oʻrtasida telefon muloqoti boʻldi. Biz Buyuk Britaniya oʻtkazgan tergov ishlariga va u berayotgan baholarga toʻliq ishonamiz. Oʻtgan haftada Solsberida roʻy bergan asab tolalarini falaj qiluvchi gaz yordamida uyushtirilgan hujumda Rossiya javobgar deb hisoblaymiz", — degan Tillerson.

"Biz jinoyatni amalga oshirganlar ham, va ushbu jinoyatni amalga oshirishga buyurtma berganlar ham javobgar degan fikrga toʻliq qoʻshilamiz. Jinoyatni amalga oshirgan va unga buyurtma berganlar tegishli jiddiy oqibatlarga duch kelishlari lozim. Biz Birlashgan Qirollikdagi ittifoqdoshlarimiz bilan bu borada hamfikrmiz va oʻz munosabatimizni muvofiqlashtirishda davom etamiz", — deb xotima qilgan AQSH Bosh kotibi.

Ayni vaqtda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Tereza Meyning Skripal boʻyicha qilgan bayonotini "britaniya parlamentidagi tsirk shousi" deb atab, bu provokatsiyaga asoslangan navbatdagi axborot-siyosiy kampaniyadan boshqa hech narsa emasligini qoʻshimcha qilishdi.

Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov London bu ish boʻyicha shu vaqtgacha hech bir dalil yoki rasmiy murojaat yubormaganini maʼlum qilib kelmoqda. Dushanba kuni esa Rossiya prezidenti Vladimir Putin britaniyaliklarga Skripalning zaharlanishi hodisasini Rossiya bilan muhokama qilishdan oldin avval hammasini oʻzlarida toʻliq aniqlashtirib olishni maslahat bergan edi.

Mavzu:
Skripal ishi (27)

Asosiy mavzular