07:49 13 Dekabr 2018
Efir
  • RUB125.22
  • EUR9456.46
  • USD8312.64
Znak taksi

Yangi Zelandiyada uchuvchisiz uchar taksi sinovdan oʻtkazilmoqda - OAV

© Sputnik / Aleksandr Utkin
Dunyoda
Havola olish
247 0 0

Elektr dvigatelda ishlaydigan xavfsiz taksi Yangi Zelandiyaning turistik bozori rivojiga hissa qoʻshishiga umid bildirilmoqda

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. Dunyodagi eng birinchi uchuvchisiz uchar taksi Yangi Zelandiyaning Janubiy orolida, Kraystcherch shahrida sinovdan oʻtkazilmoqda, deb xabar qildi New Zealand Herald.

Nashr xabariga koʻra, uchar taksiga Cora deb nom berilgan. Transport vositasi vertolet singari vertikal tarzda uchishi va yerga qoʻnishi hamda samolyot singari uchishi mumkin. Loyiha ustida sakkiz yil davomida ish olib borilgan. Loyiha ustida ish olib borayotgan Zephyr Airworks kompaniyasi olti yil ichida taksini bozorga chiqarishni rejalashtirmoqda.

"Bu singari sinovlar transport uchun kelajak imkoniyatlarini koʻrib chiqish imkoniyatini taqdim etadi. Bunday taksilar kundalik yoʻl uchun anchagina afzalliklarga ega boʻlib, bizning oʻsib borayotgan turistik bozorimizni ham qoʻllab-quvvatlashi mumkin", — deb aytgan Kraystcherch shahri maʼmuriyati rahbari Joanna Noris.

Nashr xabariga koʻra, taksi elektr dvigatelda ishlaydi va shu bois atrof-muhit uchun xavfsiz sanaladi.

U ikki kishini tashish uchun moʻljallangan.

Asosiy mavzular