03:56 23 Iyun 2018
Efir
  • RUB124.89
  • EUR9150.95
  • USD7883.99
Prezident SSHA Donald Tramp i Gossekretar Reks Tillerson

Tramp Tillersonni ishdan boʻshatdi

JIM WATSON / AFP
Dunyoda
Havola olish
25410

Bu haqda Vashington post nashri xabar berdi

TOSHKENT, 13 mar — Sputnik. AQSH prezidenti Donald Tramp Qoʻshma Shtatlar Davlat kotibi Reks Tillersonni ishdan boʻshatadi. Uning oʻrnini MRB direktori Mayk Pompeo egallaydi.

AQSH rahbari Tillersonga minnatdorlik bildirgan va Pompeo oʻzining yangi lavozimida "fantastik ishlarni amalga oshirishiga" ishonch bildirgan.

Amerika Markaziy Razvedka Boshqarmasi rahbari etib Jina Xaspel tayinlanishi aytilmoqda. Ayol bunga qadar Pompeo oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Tillerson AQSH Davlat departamentiga oʻtgan yilning fevralidan rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Amerika OAVlari Tramp davlat kotibining ishidan hafsalasi pir boʻlganligi haqida koʻplab maroataba xabar berishgan. Shuningdek, Tillersonning bu ishni tark etishga tayyorligi haqida ham oʻz vaqtida xabarlar tarqalgan edi.

Davlat kotibligiga ehtimoliy nomzodlar orasida Pompeo hamda BMTdagi AQShning doimiy vakili Nikki Xeyli ismlari koʻproq tilga olingan. Ammo AQSH Davlat departamenti, qolaversa, Tillersonning oʻzi prezident bilan kelishmasligini har safar inkor etib kelishgan.

Asosiy mavzular