Rossiya prezidenti saylovi: dastlabki natijalar

© Sputnik Amir IsayevStend s informatsiyey o kandidatax na doljnost prezidenta Rossii
Stend s informatsiyey o kandidatax na doljnost prezidenta Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy saylov qo‘mitasi xabariga ko‘ra Putin 70 % ovoz bilan yetakchilik qilmoqda.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Bugun bo‘lib o‘tgan prezident saylovning dastlabki natijalariga ko‘ra, Vladimir Putin 71,9 % ovoz bilan yetakchilik qilmoqda, Markaziy saylov qo‘mitasi xabariga asosan.

Rossiyada ovozlarni hisoblashda avtomatik tizimdan foydalanilgani sababli, ovoz berish jarayoni yakunlangan soniyada sayloving dastlabki natijalarini bilish mumkin. Ayni damda bulletenlarning 21,33 % hisoblab bo‘lingan. Ovozlarni hisoblash tuni bilan davom etadi.

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti saylovi: dastlabki natijalar
Informatsionniy sentr SIK RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti saylovi: dastlabki natijalar

Ayni damda ma’lum bo‘lgan dastlabki natijalar quyidagicha:

  1. Vladimir Putin   - 71,9 %
  2. Pavel Grudinin – 15 %
  3. Vladimir Jirinovskiy – 6 %
  4. Kseniya Sobchak - 2,5%
  5. Grigoriy Yavlinskiy  – 1,6%,
  6. Boris Titov – 1,1%
  7. Sergey Baburin – 1,0%,
  8. Maksim Suraykin – 0,8%

Rossiya MSQ rahbari Ella Pamfilova aytishiga qaraganda, ayni damda nomzodlarning hech biridan arznoma olinmagan, mamlakat ichida va tashqarisida fuqarolar ovoz berishda faol ishtirok etgan. Yaroqsiz deb topilgan bulletenlar 1,2 %ni tashkil qilgan.

Saylovning yakuniy natijalari dushanba kuni e’lon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0